Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini amerikaliklarning 39%i qo‘llab-quvvatlamoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqidagi qarorini amerikaliklarning 39%i qo‘llab-quvvatlamoqda, 35%i qarshi chiqmoqda. Bu Associated Press agentligi buyurtmasiga ko‘ra Chikago universitetidagi jamoatchilik fikrini o‘rganish milliy markazi o‘tkazgan so‘rovda ma'lum bo‘ldi.
So‘rovdan ma'lum bo‘lishicha, Suriyadan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi haqidagi qarorni asosan respublikachilar partiyasi tarafdorlari qo‘llab-quvvatlaydi.
So‘rov 16 yanvardan 20 yanvargacha 1062 nafar amerikalik o‘rtasida o‘tkazilgan.
Tramp 19 dekabr kuni Suriyadan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishi haqida e'lon qilgandi. Amerika rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, 2 mingdan ortiq harbiyni olib chiqib ketishga 60dan 100 kungacha vaqt ketadi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026