Toshkentda ijaraning eng kam miqdori oshirilishiga izoh berildi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Toshkent shahrida eng kam ijara haqi stavkasi oshirilganiga izoh berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«O‘zbekistonda eng kam ijara miqdori belgilanishi amaliyotda mavjud. «Bozor iqtisodiyoti sharoitida buning nima keragi bor?», deb ko‘pchilik so‘raydi. Masalan, Toshkent shahrida 60 kv.m maydonning ijara miqdori 600 ming so‘mdan kam emas. Ammo hujjatlarda 300 ming so‘mga ham taqdim etilishi ko‘rsatiladi. Haqiqatan shu joyning asl bahosini so‘rasangiz, 100 dollardan kam aytmaydi», – deydi u.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, odamlar soliq to‘lamaslikka o‘rganib qolgan, lekin bu noto‘g‘ri tushuncha.
«Odamlar «kamroq to‘lasam, o‘zimga foyda» deb o‘ylaydi. Ertaga kredit mexanizmida sotib olish tartibi joriy etilganda, kredit byuro ishga tushadi. Kreditga talabgorlarning daromad manbalari so‘raladi. Daromadlarni yashirishning imkoni qolmaydi. Umuman soliq to‘lashdan qochish yaxshi oqibatlarga olib bormaydi», – deb qo‘shimcha qilgan u.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahar hokimining qarori bilan Toshkent shahridagi davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari qayta tasdiqlandi.
O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, indeksatsiya miqdori o‘rta hisobda qariyb 70 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
20:28 / 01.11.2024