Toşkent şahar hokimining 11.01.2019 yildagi 35-son qarori bilan Toşkent şahridagi davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun 2019 yilda qöllaniladigan ijara tölovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

Buxgalter’ning yozişiça, davlat köçmas mulki jismoniy va yuridik şaxslarga alohida tartibda, ijaraga oluvçilar, balansda saqlovçilar va hududiy davlat mulkini ijaraga beriş markazlari örtasida uç tomonlama şartnomalar tuziş yöli bilan ijaraga beriladi.

 Bunda binolar va inşootlar böyiça ijara tölovi stavkasi tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam bölişi mumkin emas.

 Ötgan yillarda bölganidek, ijara tölovi stavkalari ijaraga oluvçining iqtisodiy faoliyat tarmoqlari kesimida, ya'ni ijaraga olinayotgan maydonlardan foydalaniş maqsadiga qarab farqlanadi. Ötgan yilgi körsatkiçlar bilan soliştirganda, indeksatsiya miqdori örta hisobda qariyb 70%ni taşkil etdi.

 2019 yilda Toşkent şahridagi davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun quyidagi ijara tölovining eng kam stavkalari belgilandi:

Hujjatga ilovalarda taqdim etilgan Ijara tölovini (ijara tölovining tayanç stavkasini) hisoblab çiqiş tartibi va qöllanadigan koeffitsiyentlar, şuningdek Toşkent şahridagi markaziy qatnov köçalari röyxati özgartirişsiz qoldirildi.