«Odnoklassniki» o‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga 3,2 mlrd rubl to‘lab berdi. Mobil moslamalar foydalanuvchilari soni 35 mln.dan oshdi
«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i o‘z mushtariylari, ularning faolligi va asosiy mahsulotlari bo‘yicha yil yakunlarini e'lon qildi. OK biznesining an'anaviy tarzda kengayib boruvchi bir qator yo‘nalishlari ijobiy o‘sish sur'atlarini ko‘rsatdi. OK’ning mobil davrasi kengayib borishda davom etdi: 2018 yilda ijtimoiy tarmoqqa birgina mobil moslamalaridan (mobile only) kiruvchilar soni birinchi bor oyiga 35 mln. dan oshdi.
2018 yilda OK o‘yinlari platformasida ham o‘sish kuzatildi: bir yil ichida ijtimoiy tarmoq o‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga 3,2 mlrd. rubldan ortiq summani to‘ladi, va ijtimoiy tarmoqdagi o‘yinlar foydalanuvchilari 17 mln. nafar oshdi. O‘yin ishlab chiqaruvchilari butun platforma oborotidan ulushni foydalanuvchilar tomonidan o‘yin ichida amalga oshiriladigan xaridlari evaziga daromad ulushi aylanmasidan oladi.
Reklamadan kelayotgan tushum ham ortib bormoqda. OK reklama beruvchilar va biznes vertikallarining har xil turlari uchun perfomans-formatlar va qamrab oluvchi kampaniyalar uchun imkoniyatlar yaratishni rivojlantirishni davom ettirmoqda. Xususan, 2018 yilda ijtimoiy tarmoqning yakka shoulari dasturlari monetizatsiya qilindi: shou kontentiga yirik reklama beruvchilar jalb qilinib, ular shu tariqa internetda muvaffaqiyatli reklama tadbirlarini o‘tkazdi. Umuman olganda, OK’ning videoreklama bo‘yicha tushumi 2,5 baravardan ko‘p miqdorga ortdi, autstrim-joylashtirishlar bo‘yicha (reklama videosi ijtimoiy tarmoqdagi e'longa integratsiyalashadigan holat) esa – 85 foizdan ortdi. Ijtimoiy tarmoqning mobil ilovasi davrasi o‘sishi bilan birga mobil reklamasidan olinadigan daromad miqdori ham - bir yil ichida 80 foizdan ko‘p miqdorga oshdi.
Yil trendlaridan biri – biznesning yangi yo‘nalishlari kengayishi.
Mobil o‘yinlar. 2018 yilda har oyda OK’ning mobil moslamalarda o‘yin o‘ynovchi davrasi 2 baravardan oshdi va oshishda davom etmoqda. Shu bilan birga mobil o‘yinlarni o‘ynovchi foydalanuvchilar to‘lovlari miqdori ham oshmoqda: so‘nggi yil ichida ijtimoiy tarmoqning mobil o‘yin platformasida HTML5 o‘yinlarni ishlab chiqaruvchilar 300 mln. rubl ishlab topdi – ushbu ko‘rsatkich bir yil avvalgidan 2,7 baravar yuqori.
Xitoydan keltirilgan tovarlar savdosi. Aprel oyida ijtimoiy tarmoqda ochilgan marketpleys platformasi yil yakunida katta davraga ega bo‘ldi – unga oyiga o‘rtacha 5,5 mln. dan ko‘p foydalanuvchilar tashrif buyuradi (ushbu raqamni OK ilk bor ochib bermoqda). Bunda foydalanuvchilarning 40 foizi birinchi xaridni amalga oshirganidan so‘ng keyingisini amalga oshirish uchun qaytib keladi.
Kichik va o‘rta biznesni ilgari surish. Fevral oyida ijtimoiy tarmoqda kichik va o‘rta kompaniyalar tomonidan faol tarzda foydalaniladigan e'lonlarni ilgari surish shaxsiy tizimi tashkil etildi. Buning natijasida OK’ning ushbu segment orqali olgan daromadlari yarim yil ichida ikki baravar o‘sdi.
2018 yilda davraning kontent yaratish va undan foydalanish, do‘stlar va yaqinlar bilan aloqada bo‘lish borasidagi faolligi oshdi. An'anaviy o‘sish OK’ning videoplatformasida ham kuzatildi: roliklar va translatsiyalarni tomosha qilish soni endi sutkasiga 700 mln. dan ko‘p miqdorni tashkil etmoqda, tomosha qilishning o‘rtacha vaqti esa bir yil ichida 20 foizga oshdi. Bunda foydalanuvchilar nafaqat kontentni tomosha qildi, balki uning ko‘pini o‘zi ham yaratdi. Bir yil ichida Rossiyada noyob e'lonlar mualliflari soni 32 foizga oshib, ular ko‘proq qa yta aloqaga ham ega bo‘ldilar. Xususan, OK mobil ilovalari foydalanuvchilari avvalgi yilga nisbatan 35 foiz ko‘proq sharhlar qoldira boshladi.
Shuningdek, foydalanuvchilar o‘z yaqinlari va do‘stlari bilan xususan, shaxsiy xabarlarda stikerlar hamda yangi ovozli va video qo‘ng‘iroqlar yordamida faolroq aloqada bo‘ldilar. Bir yil ichida foydalanuvchilar bir biriga stikerlarni 13 baravar ko‘proq jo‘nata boshladi va 7 baravar ko‘proq qo‘ng‘iroq qila boshladi. Bir sutkada foydalanuvchilar 2,2 mln. dan ko‘p qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirmoqdalar.
Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:
- 2018 yil biz uchun tajribalar yili bo‘ldi. Reklama, o‘yinlar, mobil foydalanish va video kabi biznesning asosiy yo‘nalishlarini kengaytirishni davom ettirish bilan birga biz yangi mahsulotlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratdik. Xususan, biz e'tiborimizni nativ mobil o‘yinlaridan HTML5 loyihalariga olib o‘tdik. Ushbu loyihalar bir yil ichida ham davra, ham daromad bo‘yicha o‘sish ko‘rsatdi. Tarmoq ichida xususiy marketpleys bilan birga elektron tijorat yo‘nalishini to‘liq ishga tushirdik. Kichik va o‘rta biznesni ilgari surish uchun yangi vositalar taqdim etdik, do‘stlar va yaqinlar bilan aloqa qilish qulay bo‘lishi uchun sun'iy intellekt negizida qo‘ng‘iroqlar platformasini qayta ishga tushirdik.
Kirib kelgan yilda biz biznes, shu jumladan yirik bo‘lmagan kompaniyalar uchun samarali reklama vositalarini rivojlantirishga bo‘lgan e'tiborni saqlash qolishni rejalashtirmoqdamiz va kontent (video, matnlar, o‘yinlar) yaratish, hissiyotlarni ijtimoiy tarmoqda aks ettirish, do‘stlar va obunachilar bilan aloqa qilish uchun yanada ko‘proq imkoniyat taqdim etamiz.
Quyida 2018 yilning dekabr oyi uchun yil yilga solishtirilgan holda (agar boshqachasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa) ijtimoiy tarmoqning ichki ma'lumotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar keltiriladi.
An'anaviy yo‘nalishlar va umumiy ma'lumotlar
Oyiga mobile only foydalanuvchilar miqdori – 35,5 mln. (jahon bo‘yicha);
Rost mobile only davrasi o‘sishi – 9 %;
O‘yinlar (desktop va mobil) ishlab chiqaruvchilarga to‘lovlar – 2018 yilda 3,2 mlrd. rubl;
Oyiga barcha platformalarda o‘yinchilar miqdori – 17 mln. (jahon bo‘yicha);
O‘yinlar davrasining o‘sishi – 12,6%;
Mobil reklamasidan tushadigan tushum miqdorining o‘sishi – 80% dan ko‘p;
Videoreklamadan tushadigan tushum miqdorining o‘sishi – 2 baravardan ko‘p;
Autstrim-reklamadan tushadigan tushum miqdorining o‘sishi – 85% dan ko‘p;
Biznesning yangi yo‘nalishlari
Oyiga mobil platformasida o‘yinchilar miqdori – 9,1 mln. (jahon bo‘yicha);
Mobil o‘yinlari davrasining har oyda o‘sishi – 107%;
2018 yilda HTML5 mobil o‘yinlar ishlab chiqaruvchilariga to‘langan to‘lovlar – 300 mln. rubl;
E'lonlarni ilgari surishning nativ tizimidan tushadigan tushumlar miqdorining o‘sishi (kichik va o‘rta biznes) – yarim yil ichida ikki baravar;
Oyiga tovarlar marketpleysi foydalanuvchilarining o‘rtacha miqdori – 5,5 mln.;
Xitoydan keltirilgan tovarlar xaridorlarining 40 foizi xaridlar uchun qaytib keladi.
Foydalanuvchilar faolligi
E'lonlar mualliflari sonining o‘sishi – 32% (Rossiya);
Bir sutkada ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar miqdori – 2,2 mln. (jahon bo‘yicha);
Sutkasiga qo‘ng‘iroqlar miqdorining o‘sishi – 7 baravar (jahon bo‘yicha);
Mobil ilovalarda oyiga sharhlar sonining o‘sishi – 35% (jahon bo‘yicha);
Shaxsiy xabarlarda jo‘natiladigan stikerlar sonining o‘sishi – 13 baravar (jahon bo‘yicha).
Bir sutkada video 700 mln. marta tomosha qilinadi (jahon bo‘yicha);
Video davrasining yillik o‘sishi – 10% (jahon bo‘yicha);
Videoni tomosha qilishning jamlanma vaqti o‘sishi – 20% (jahon bo‘yicha);
Tomosha qilinadigan jonli translatsiyalar sonining o‘sishi – ikki baravar (jahon bo‘yicha).
Mavzuga oid
16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi
14:25 / 28.05.2022
Senat O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratilmaganini tanqid qildi
17:15 / 17.03.2022