Jahon | 16:27 / 29.01.2019
7549
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda korrupsiya haqida xabar berganlar qonun bilan himoya qilinadi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov «Korrupsion huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun o‘tgan yilning 20 dekabrida Jogorku Kenesh tomonidan qabul qilingan. Hujjat korrupsion huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarning huquq va erkinliklarini, ularning ta'qiblardan himoyalanishini ta'minlashga qaratilgan.

Qonunda korrupsion huquqbuzarlik haqida xabar qilgan shaxsga mukofot berishi ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid