Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prezidenti dunyoning eng nochor davlatlaridan birida noma'lum muddatga qolib ketdi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer boshchiligidagi delegatsiya Efiopiyada noma'lum muddatga qolib ketdi.
DPA axborot agentligining ma'lum qilishicha, nemis delegatsiyasining Afrikaning ushbu davlatidan Germaniyaga parvozi 30 yanvarga belgilangandi, biroq hukumat samolyotidagi nosozlik sababli rejalarni qoldirishga to‘g‘ri kelgan.
Ta'kidlanishicha, voqeaga samolyotdagi siqilgan havoni uzatish tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Addis-Abebe aeroportida nosozlikni bartaraf etish ustida ish olib borilmoqda. Ungacha esa delegatsiyaning 55 a'zosi mahalliy mehmonxonalardan birida qolishiga to‘g‘ri kelgan.
Xuddi shunga o‘xshash vaziyatga bir oy avval Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Gerd Myuller tushgan. Vazir samolyotining o‘ng dvigatelida klapan ishlamay qolgach, Zambiyada qolib ketgan.
Shuningdek, 2018 yil 30 noyabrda Germaniya kansleri Angela Merkelning layneri Argentinadagi G20 sammitiga yo‘l olayotganda texnik nosozlik sababli Niderlandiya ustida Germaniyaga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin Merkel belgilangan manzilga oddiy yo‘lovchi samolyotida yetib olishiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
15:26 / 29.01.2026
Germaniya Ukrainaga 33 ta mobil issiqlik elektr stansiyasi yuboradi
13:55 / 29.01.2026
Germaniya hukumati 2026 yil uchun iqtisodiy prognozni pasaytirdi
11:29 / 29.01.2026
Sud: Usmonovning FAZ’ga qarshi da’vosi bo‘yicha qaror hali kuchga kirmagan
08:32 / 29.01.2026