IIV: O‘zbekistonda 2018 yili jinoyatchilik 33,5 foizga kamaydi

2018 yilda O‘zbekiston bo‘yicha umumiy ro‘yxatga olingan jinoyatchilik 2017 yilga nisbatan 33,5 foizga kamayishiga erishildi. IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Qutbiddin Burhonov «Taraqqiyot strategiyasi»da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.
«2017 yilda jami 73692ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2018 yilda respublika bo‘yicha umumiy ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 49011tani tashkil etib, jinoyatchilik kamayishi 33,5 foizni tashkil etdi. Shundan 2017 yilda 519 marta qotillik sodir etilgan bo‘lsa, 2018 yilda bu raqam 432tani tashkil etib, 16,8 foizga kamaygan. Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish 1397tadan 1171taga qadar kamaydi. Nomusga tegish 376tadan 2018 yilda 222ta holat kamayib, bu boradagi ko‘rsatkich 41 foizga kamayishiga erishilgan», - dedi general-mayor Qutbiddin Burhonov.
Uning bildirishicha, og‘ir jinoyatlardan hisoblanuvchi bosqinchilik 2017 yilda 358 marotaba sodir bo‘lsa, 2018 yilda bu raqam 42,7 foizga kamayib, 207 marta bosqinchilik sodir etilgan. Burhonovning fikricha, jinoyatchilikning bu tarzda keskin kamayishiga patrul-post, profilaktika, jinoyat-qidiruv tizimi xodimlarining kecha-yu kunduz mehnatlari samarasidir.
Shu bilan birga, talonchilik jinoyati 831tadan 331tagacha kamaygan. Qutbiddin Burhonovning alohida uqdirishicha, bugungi kunda tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlar ancha ko‘paygan.
«Hozirda, fuqarolarning bir-birini aldash hollari ko‘p. Mol-mulk masalasida egalik qilish uchun bir-birini aldash holatlari uchramoqda. Shunga qaramasdan 2017 yilda 305ta ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2018 yilda 201ta tovlamachilik qayd etilgan bo‘lib, bu 34,1 foizga kamayishga erishilganini anglatadi», - dedi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

14:02 / 29.03.2025