Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi Farg‘onada o‘ldirib ketilgan mudofaa ishlari bo‘limi xodimi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bugun, 30 yanvar kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 21 yanvarida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani “Tagob” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yo‘l bo‘yidan “Lacetti” avtomashinasi salonida yongan holatdagi shaxsi noma'lum jasad qotillik alomatlari bilan topilgani haqida tarqalgan xabarga oydinlik kiritdi.
Matbuot xizmatining bildirishicha, xabarda marhum, 1983 yilda tug‘ilgan M.N. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani mudofaa ishlari bo‘limida harbiy stol noziri vazifasida ishlagani aytilgan.
“Mudofaa vazirligi ushbu xabarga oydinlik kiritib, marhumning ishlash joyini ko‘rsatishda xatolikka yo‘l qo‘yilgani va marhum Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani “Kichik-tagob” mahalla fuqarolar yig‘ini shtatida harbiy hisob stoli boshlig‘i lavozimida ishlaganini ma'lum qiladi. Marhum M.N. ushbu lavozimga “Kichik-tagob” mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi qarori bilan 2018 yil 1 dekabr kuni tasdiqlangan edi”, ta'kidlanadi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Ma'lum qilinishicha, mahalla fuqarolar yig‘ini harbiy hisob stoli boshlig‘i tuman mudofaa ishlari bo‘limi bilan mahalladagi harbiy hisob ishlarini yuritishda hamda mahalladagi hisobda turgan fuqarolarga chaqiruv qog‘ozlarini yetkazishda yaqindan ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
12:18 / 23.05.2026