Jahon | 11:08 / 30.01.2019
8499
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda «yadroviy beshlik» mamlakatlari yakuniy bayonotdan voz kechishdi

Foto: REUTERS

Pekindagi uchrashuvda «yadroviy beshlik» davlatlari vakillari yakuniy qo‘shma bayonotni muvofiqlashtirishdan bosh tortishdi. Bu haqda RIA «Novosti» Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovga asosan xabar bermoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu «yadroviy beshlik» a'zolari o‘rtasida o‘zaro ishonchning kamayishi jarayoni chuqurlashishi fonida sodir bo‘lgan.

«Vaziyat shu qadar jiddiyki, biz bu safar hattoki yakuniy bayonotni muvofiqlashtirishdan ham bosh tortishga majbur bo‘ldik», - deya ma'lum qilgan Ryabkov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Pekinda «yadroviy beshlik» uchrashuvi o‘tkazilishini tasdiqlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid