Jahon | 14:45 / 30.01.2019
11901
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda avtomobil daryoga quladi, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Foto: Depositphotos

Tojikiston Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi matbuot kotibi Umida Yusufiy mamlakat sharqida ro‘y bergan, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan YTH haqida ma'lumot berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea 30 yanvarga o‘tar tunda Dushanbe - Kalayxumb - Xorog avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

«Opel markali avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan hamda mashina Panj daryosiga tushib ketgan», - dedi Yusufiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, haydovchi kasalxonaga yotqizilgan, bir qishloqdan bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar esa halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid