2019 yil 28 yanvar kuni soat 21:00larda Qirğiziston Respublikasi Batken viloyatida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Özbekiston FVV xabar tarqatdi.

Qayd etilişiça, Batken tumani hududidan ötuvçi «Öş-Batken-Isfana» avtomobil yölining 207-km.da harakatlanib ketayotgan «Neksiya» rusumli avtomobil qarama-qarşi yöldan kelayotgan Qirğiziston Respublikasining «Mersedes-sprinter» rusumli furgon avtomobili bilan töqnaşib ketgan.

YTX natijasida «Neksiya» avtomobili haydovçisi hamda uning 4 nafar yölovçisi (Özbekiston Respublikasi fuqarolari) voqea joyida halok bölgan.

FVV xabarida aytilişiça, vafot etgan fuqarolarning jasadlari Batken tuman şifoxonasi morgiga olib borilgan.