O‘zbekiston | 12:11 / 31.01.2019
42280
3 daqiqa o‘qiladi

Po‘lat Bobojonov Sirdaryoga bordi. Bir amaldor ishdan olindi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining topshirig‘iga asosan ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 24-26 yanvar kunlari Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining keyingi bir oyda qabul qilgan farmon va qarorlari hamda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi tashkil etilganligi ahvolini o‘rganib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan viloyatdagi kriminogen vaziyat tahlillar asosida o‘rganib chiqilganida, muayyan kamchiliklar hali-hanuz saqlanib qolinayotganligi, ya'ni viloyatda qayd etilayotgan jinoyatlar 100 ming aholi soniga nisbatan hisoblanganda 158,8 tani tashkil etgan, bu borada Guliston va Yangiyer shaharlari, Oqoltin, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida ushbu ko‘rsatkich viloyat ko‘rsatkichidan yuqoriligi aniqlangan.

Uch kun davom etgan o‘rganishlarning yakuniy hisoboti sifatida joriy yilning 26 yanvar kuni viloyat hokimi G‘.Mirzayev va ichki ishlar vaziri P.Bobojonov tomonidan ishchi guruh hamda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari va barcha shahar-tumanlari hokimlari, prokurorlar, ichki ishlar va davlat soliq organlari rahbarlari hamda “Mahalla”, “Nuroniy”, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Majlisda islohotlarning mohiyatini to‘laqonli anglab yetmasdan, bugungi kun talablariga javob bermaydigan, hanuz eskicha ish uslubi bilan ishlayotgan, fuqarolarning manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatmayotgan Sirdaryo tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, o‘ziga ishonib topshirilgan sohada aniq tashabbus ko‘rsatmagan bir qator mutasaddi rahbarlarga nisbatan ta'sirchan choralar ko‘rilgan.

Mavzuga oid