O‘zbekiston | 14:34 / 31.01.2019
1546
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda “O‘zbekiston zamonaviy san'ati” tasviriy san'at asarlari ko‘rgazmasi va “Zamonaviy O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi o‘tkaziladi 

Qozog‘istonning Astana shahrida “O‘zbekiston zamonaviy san'ati” tasviriy san'at asarlari ko‘rgazmasi hamda “Zamonaviy O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi o‘tkaziladi. 

Ko‘rgazma 1 fevraldan 1 martga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda o‘zbekistonlik o‘ndan ortiq mo‘yqalam ustalarining qirqdan ortiq asarlari va “Zamonaviy O‘zbekiston” mavzusidagi 100ta fotoasar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid