Jahon | 20:11 / 01.02.2019
5518
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh raketalar bo‘yicha shartnomadan vaqtinchalik chiqishini e'lon qildi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilishini e'lon qildi. Pompeo bunga shartnomaning Moskva tomonidan buzilishini sabab qilib ko‘rsatdi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, undan chiqish jarayoni olti oy vaqtni oladi. 

«Rossiya taqiqlangan raketalarni ishlab chiqarib va joylashtirib shartnoma shartlarini uzoq vaqt davomida buzib keldi. Bu ittifoqchilarimiz va xorijdagi qo‘shinlarimiz uchun tahdid hisoblanadi»,— deyiladi Oq uy xabarida.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ham shartnomaning Rossiya tomonidan buzilayotganini aytar ekan, shunday dedi: «Rossiya bu olti oydan shartnomaga rioya qilayotganini isbotlash yoki uning butkul buzilishiga javobgarlikni olish uchun foydalanishi kerak». 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid