Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda uch shaxs 14 mln so‘mlik temir simlarni o‘g‘irlab, 25 mln so‘mlik karam ko‘chatlarini ham nobud qildi
2019 yil 26 yanvar kuni Sirdaryo tumanida “Shirin” MFYda yashovchi M.X. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
U 2018 yil 30 dekabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar “Furqat” MFY hududida joylashgan korxonaga qarashli issiqxonadan umumiy qiymati 14 850 000 so‘mlik 8 diametrli temir simlarini o‘g‘irlab, jami 25 440 000 so‘mlik karam ko‘chatlarini nobud qilganliklarini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Furqat” MFY Oydin yo‘l ko‘chasida yashovchi M.Q., T.G. va M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026