Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning qaroridan so‘ng Putin «Kalibr» raketasini takomillashtirish taklifini ma'qulladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguning gipertovushli «Kalibr» raketalarining quruqlik uchun mo‘ljallangan variantini ishlab chiqish taklifini ma'qulladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
«Ular [AQSh] ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bilan shug‘ullanishayotganini e'lon qilishdi, biz ham xuddi shu ishlar bilan shug‘ullanamiz», — dedi Putin.
Hozirda Rossiyaning «Kalibr» qanotli raketasi faqatgina dengizdan uchiriladigan variantda ishlab chiqarilmoqda. Raketalar yangi fregatlar va raketa kemalarigagina o‘rnatilgan. Bu O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan cheklov bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra, bunday raketalar quruqlikda o‘rnatilishi taqiqlanadi.
2 fevraldan AQSh ushbu shartnomadan chiqadi va 1987 yilda zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni to‘xtatib turadi. Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham RF O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitimda ishtirok etishni to‘xtatishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026