Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada velosiped mingan holda smartfondan foydalanganlarga jarima solinadi
Niderlandiyada velosiped mingan holda maxsus hands-free garniturasisiz gadjetdan foydalanganlarga jarima solinadi, deb xabar berdi "YevroPuls".
Mamlakat transport vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, gollandiyalik velosipedchilarning yarmiga yaqini velosiped boshqarib ketayotgan chog‘ida smartfonlariga chalg‘ib qoladi. 25 yoshgacha bo‘lgan velosipedchilar ishtirokidagi har beshinchi YTHga smartfonlar sabab bo‘lmoqda.
Yangi qonun shu yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. Jarima miqdori 95 yevroni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: velosipedchi qizil chiroqda o‘tgani uchun xuddi shu miqdorda, mast holda velosiped boshqargani uchun 100 yevro jarima to‘laydi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026