Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil yo‘llari sifatliligi bo‘yicha davlatlar reytingi ma'lum qilindi
Jahon iqtisodiy forumi davlatlarning iqtisodiy holati haqidagi an'anaviy dokladi Global Competitiveness Report’da dunyo davlatlaridagi avtomobil yo‘llari sifati haqidagi ma'lumotlarni to‘playdi.
2018 yil yakunlariga ko‘ra, yo‘llar bo‘yicha davlatlar reytingi Quality of roads’ga hammasi bo‘lib 138 davlat kiritilgan. Mutaxassislar muayyan davlatdagi yo‘llarning yuklanganligidan qat'iy nazar ularning sifatini baholashgan.
Reytingning 1-o‘rnini bir necha yillardan beri BAA egallab kelmoqda. 2-o‘rinni o‘zining a'lo sifatdagi yo‘llari bilan Singapur, 3-o‘rinni Shveytsariya egallagan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 70-o‘rinni, Qozog‘iston 115-o‘rinni, Qirg‘iziston 122-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.
Reytingga ko‘ra, eng yomon yo‘llar Mavritaniyada ekan.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026