Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegara bojxona postida navbatda turgan transport vositalari sonini internet orqali bilish mumkin bo‘ldi
Chegara-bojxona postlarida chiqish yo‘nalishida navbatda turgan yengil va yuk avtotransport vositalari va avtobuslar soni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytidagi onlayn tablodan bilish imkoniyati joriy qilindi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
“Buning uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-saytining (www.bojxona.uz yoki www.customs.uz) “Jismoniy shaxslar uchun” bo‘limidagi “Chegara bojxona postlarida navbatda turgan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma'lumot” sahifasiga kirsangiz kifoya”, deyiladi xabarda.
Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi katta inspektori Akmal Eshonovning aytishicha, mazkur tablo Davlat bojxona qo‘mitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiyalashtirilgan bo‘lib, undagi ma'lumotlar har 6 soatda avtomatik ravishda yangilanadi. Bundan tashqari, mazkur tablo orqali chegara bojxona postlarida bir sutka davomida respublikamizga kirgan yoki chiqqan avtotransport vositalari soni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham ko‘rish mumkin.
Bu chegara bojxona postlarida yengil va yuk avtotransport vositalari tirbandliklarning oldini olish bilan bir qatorda tashuvchilarga navbatda turgan avtotransport vositalari sonidan kelib chiqib harakatlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishlarida ham yordam beradi.
Mavzuga oid
12:28 / 05.02.2026
Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar ro‘yxati belgilandi
10:16 / 20.01.2026
Transport xizmatlari hajmi oshdi: asosiy ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
14:05 / 17.12.2025