Har qanday musobaqa yoki natijadan keyin murabbiylarga nisbatan keskin fikr qöllaş notöğri. Xuddiki, har qanday boş murabbiy turnirdan keyin tepaga otilişi kerak. U pastga tuşayotganda «ilib oliş» yoki «ilib olmaslik» ham murabbiyning öşa natijasiga boğliq. Ya'ni, yo köklarga kötarib maqtaş yoki iste'foga çiqariş kerak.
Men bunday fikrlarga qöşilmayman. Lekin murabbiyning işidan qoniqiş unga nisbatan umuman savollar yoki tanqidiy fikrlar yöqligini anglatmaydi. Quyida, Ektor Kuperga bir qator savollar bilan murojaat qilamiz.
Jismoniy tayyorgarlik borasidagi muammo qanday yeçiladi?
Biz asosan klublar örtasidagi musobaqalarni köproq tomoşa qilamiz, murabbiylar ham klublarda köproq faoliyat olib borişadi. Lekin menimça, futbol rivojidagi muhim trendlar, uslublar, sxemalar köproq terma jamoalar iştirokidagi turnirlarda ilk bor yuzaga çiqadi.
Buning sababi ham bor. Terma jamoa murabbiylari öz ixtiyorlaridagi çeklangan, mavjud ijroçilar bilan natijaga erişişga majbur. Köpinça, bu ijroçilar bir millat, bir maktab vakillari bölganliklaridan, optimal uslub topiş ehtiyoji paydo böladi. Top-klub murabbiyning falsafasiga mos ijroçilarni sotib olib berişi mumkin, ammo hatto Braziliya terma jamoasini boşqarsangiz ham, murabbiy sifatida ixtiyoringizdagi futbolçilarning salohiyati, ustunlik va kamçiliklari bilan hisoblaşişga majbursiz.
Xullas, Ektor Kuper töp bilan va töpsiz juda köp harakat qilişga asoslangan, qanotlarda tezkorlik muhim ahamiyat kasb etadigan öz futbolini qurmoqçi. Savol tuğiladi, xöş, bizning futbolimiz vakillari mana şunday yuklamalarga, şu rejimga tayyor böla oladimi?
Aytaylik, Yaponiya terma jamoasi safida Yevropada töp suradigan 14 nafar futbolçi bor ekan. Ularning jismoniy tayyorgarligi, maydondagi könikmalari Yaponiyaning Osiyo maydonlaridagi öyinlari uçun doim tayyor böladi. Çunki, öşa futbolçilar har hafta Yevropadagi çempionatlarda undan ham yuqoriroq tempda futbol öynab yurgan bölişadi. Bizda esa bunday imkoniyat yöq. Ertaga jahon çempionati saralaşida Eron bilan öynasak, tarkibimizdagi aksariyat futbolçilar Eron darajasidagi qarşilikka emas, «Metallurg» yoki «Qöqon»ga qarşi öyinlarda maydonga tuşib yurgan bölişadi. Bu sabab, aslida, turnirdan keyin Kuperni oqlaş uçun xizmat qilişi mumkin bölsa-da, turnir oldidan, murabbiy bu faktorlarni ham öz rejalari markaziga qöyib olişi şart böladi.
Misol uçun, Osiyo Kubogida biz birinçi bölimlarni ikkinçi bölimlarga qaraganda yaxşiroq ötkazdik. Töğri, Ummon bilan tablodagi hisob ta'siri, Turkmaniston bilan ham birinçi bölimda hammasi hal qilingandi. Yaponiya bilan öyinni jiddiy olmasak ham böladi. Ammo Avstraliyani eslang. Biz faqat birinçi va törtinçi bölimda raqib bilan tengma-teng öynagandik. Ya'ni, har ikki jamoa jismonan hali çarçamagan va ikki jamoa ham çarçab bölgan bölimlarda. Taktik tomondan, vazifalarning taqsimlanişi, reja böyiça hammasi töğri tanlanganidan dalolat qiladi bu, lekin murabbiy öz rejasini futbolçilarning jismoniy holatidan ham kelib çiqib qöyişi kerak, töğrimi?
Mavzuga oid
Osiyo Kubogi oldidan milliy terma jamoamiz Turkiyada 14 kun davomida birga böldi va bilişimça, jismoniy tayyorgarlik va tiklanişlarga köp e'tibor qaratildi. Şu holatda ham biz jismoniy jihatdan Yaponiya va Avstraliyaga mos bölolmadik, xöş, jahon çempionati saralaşi paytida biz ana şunday yiğinlarga ega bölmaymiz-ku? Bu muammoni qanday qilib yeçmoqçimiz? Son Xin Min yoki Muto ertaga Angliyadan kelib, indinga terma jamoa murabbiyining yuklamalariga tayyor holda böladi, bizdaçi? Superligadagi yuklamalarga örganib qolgan futbolçi, 3-4 kunda Kuperga moslaşa oladimi?
Bu biz ertaga tuşib qoladigan muammoli holatlardan biri va bu uçun murabbiyni aybdor qilmoqçi emasman. Lekin terma jamoa uslubi, öynaş prinsiplari va maydonda futbolçilarga beriladigan vazifalarda bu faktor ham hisobga olinişi kerak. Ertaga muhim öyinlarda ham futbolçilarimiz çarçab qolib, «ha töğri-da, biznikilarning jismoniy tayyorgarligi yaxşi emas, nimayam qilardik» degan bahona ötmaydi. Yuqorida aytganimdek, aynan öşa holatdagi öşa futbolçilarga mos taktika işlab çiqiş va mavjud şaroitlar asosida işlaş har qanday terma jamoa murabbiyiga qöyilgan talabdir.
Tarkibni aniqlaş borasidagi xatolar
Ikkinçidan, e'tibor bergan bölsangiz, Ektor Kuperning Osiyo Kubogi oldidan özi uçun belgilab olgan optimal tarkibi bilan törtinçi hal qiluvçi öyin oldidan bu boradagi fikrlari qirq foizga farq qildi. Ma'lum bölişiça, öng qanot himoyasida Hoşimov Şorahmedovdan, öng qanot vingeri sifatida Hamdamov Raşidovdan, hujumçi sifatida Şomurodov Bikmayevdan yaxşiroq ekan. Krimets va Töxtaxöjayev rokirovkasini mayli, Yegorning jarohati bilan boğlaymiz, ammo masalan, Ikrom Aliboyev qanotda emas, markazda foydaliroq ekanini ham biz faqat uçinçi öyinning ikkinçi bölimida «bilib qoldik». Avstraliya bilan öyinda esa, Ikrom Maşaripov örniga emas, aynan markazga, Sidiqovning örniga tuşdi.
Bu holatga birinçi sabab sifatida albatta, örtoqlik öyinlari bölmagani aytildi. Qisman, töğri. Balki jiddiyroq örtoqlik öyinida, murabbiy yuqoridagi farqlar oldinroq yuzaga çiqişi va biz Ummon bilan yanada yaxşiroq öynaşimiz mumkin edi, balki. Ammo örtoqlik öyinlari bölmagani muammo emasligini Ektor Kuperning özi aytdi va jamoasi turnirga butunlay tayyor ekanini bildirdi. Aslida bunday bölib çiqmagani, albatta, Ektor Kuperning hisob-kitoblarida xatoliklar bölganini körsatadi.
Töğri, turnir davomida tarkib özgarib borişi va ba'zi futbolçilarning musobaqa davomida kaşf etib borilişi tabiiy holat. Masalan, JÇ-90 töpurari bölgan Salvatore Skilaççi 1-turda Avstriya terma jamoasi bilan öyinda zaxiradan çiqib, gol urgan va keyingi öyinlarda asosiy tarkibda tuşa boşlagandi. Yoki yaqinda ötgan jahon çempionatini olaylik. Fransiya terma jamoasi boş murabbiyi Dide Deşam 1-turda hujumda Usmon Dembele – Grizmann – Mbappe uçligini tuşirdi. Ammo keyinçalik, Olive Jiru variantida töxtaldi. Yarim himoyada esa, Tolisso örnini keyinçalik, optimal tarkibda Matyudi egalladi. Yakunda, Fransiya – çempion.
Ammo bu holatlarni terma jamoamizdagi vaziyatda taqqoslaş qiyin. Qaysidir ma'noda, Şomurodovni Skilaççi holatiga öxşatiş mumkindir. Çunki aytaylik, Bikmayev Superligani juda yuqori saviyada tamomladi, Qatar va Şimoliya Koreyaga qarşi öyinlarda çiroyli gollar urdi, Bikmayevning birinçi variant ekani balki turnir oldidan, biz uçunam u qadar kutilmagan bölmagandi. Lekin bizda faqat bir pozitsiya futbolçining kutilmaganda «çaraqlaşi» bilan emas, har bir pozitsiyada nomzodlar özgarib bormoqda.
Fransiyadagi holat ham biroz farqli. Dembelening Jiruga almaştirilişi kadrlar bilan boğliq almaşuv emas. Avvaliga Mbappe – Dembele bilan tezkor qanotlar va Grizmann aldamçi töqqizlik rolida, Deşam ança kengroq zonalarda öynamoqçi böldi. Keyin esa, Jiru oldinga çiqarilgan yaqqol hujumçi sifatida himoyaçilarga bosim qilib, sal orqaroqda, «yarim qanotlarda» töp surgan Mbappe va Grizmannga oçiq zonalar yarata boşladi. Ya'ni, Dembele va Jiruning maydondagi vazifalari tubdan farq qilardi. Şunçaki, Deşam turnir davomida «B-taktika»ga ötib, öynay boşladi. Muhimi, har ikki taktika Fransiya terma jamoasi işlangan va maromiga yetkazilgan, har ikki taktikaning ham öz ijroçilari mavjud. Bu ikki xil taktikada Grizmann yoki Pogbaning ham vazifalari özgaradi, Tolissoning Matyudiga almaştirilişi ham şunday.
Özbekiston tarkibidagi özgarişlar haqida bunday deb bölmaydi. Mavjud pozitsiyalarda nomzodlar özgardi xolos, ularning maydondagi vazifalari ham, terma jamoamizning öyin uslubi, taktikasi, sxemasi ham özgarişsiz qoldi. Demak, bu özgarişlarning yagona sababi, faqat ba'zi futbolçilarning işonçni oqlamagani va boşqa ba'zi futbolçilar haqidagi xulosalar haqiqatdan uzoq bölib çiqqani.
Tarkib qanday yoşartiriladi?
Uçinçi mavzu, faqat bilvosita Osiyo Kubogi bilan boğliq. Kuni keça ÖFA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning Osiyo Kubogi va terma jamoamiz kelajagi haqidagi fikrlari naşr etildi.
«Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida mazmunli öyin namoyiş qildi. Garçi asosiy maqsadimiz bölgan Osiyo Kubogi ğolibligi qölga kiritilmagan bölsa-da, futbolçilarimiz maydonda Vatan şa'ni uçun bor kuçlari bilan harakat qilişdi, astoydil kuraşişdi. Ayniqsa, terma jamoa tarkibidagi yoş futbolçilarning öyini meni quvontirdi. Ulardagi şijoat, ğalabaga çanqoqlik, raqibdan çöçimaslik, oxirigaça kuraşiş xususiyatlari kelajakka umid bilan qaraşimizga sabab böla oladi.
Statistikaga nazar taşlaydigan bölsak, terma jamoamiz mazkur musobaqada jami 7ta gol kiritdi. Şulardan 6ta golni 25 yoşgaça bölgan futbolçilar kiritgani ham e'tiborga molik. Eldor Şomurodov 23 yoş, Jaloliddin Maşaripov 25 yoş, Javohir Sidiqov, Otabek Şukurov, Doston Hamdamov 22 yoş. Nasib qilsa, bular hali köp yillar davomida terma jamoamiz tarkibida yuqori saviyada töp surişga qodir futbolçilar. Yoşi katta futbolçilarimizga ham katta rahmat aytmoqçiman. Ular öz tajribalari bilan terma jamoamizga köp foyda keltirişdi. Lekin endi terma jamoani yoşartiriş vaqti keldi. Oldimizda jahon çempionati saralaşi turibdi. Mazkur musobaqaga yoşartirilgan tarkib bilan yöl olamiz», – dedi Umid Ahmadjonov.
Albatta, yoşlarning işonçli öyinlari natijasida kelajakka optimistik nazar taşlaş tabiiy, ammo yoşartirilgan tarkib bölişi kerakligi haqida fikr bildiriş, ayniqsa, bu boş murabbiy emas, rahbariyat tomonidan yangrasa, qançalik töğri?
Butun dunyodagi barça terma jamoa murabbiylari, deyarli hamma, terma jamoada yoşidan qat'i nazar eng yaxşi futbolçilar töp suriş kerak, degan aqidaga amal qilişadi. Xususan, terma jamoamizning asosiy tarkibida töp surgan Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov va ayniqsa, Ignatiy Nesterovning mehnati boşqalardan kam bölmadi va bemalol aytiş mumkinki, ular yaqin yillarda ham terma jamoamizga foyda keltirişlari mumkin.
Bu mening şaxsiy fikrim, har kimning ham bu borada şaxsiy fikri bor, masala bunda emas. Ahmadjonovning fikrlari Kuper bilan maslahatlaşgan holda aytildimi? Osiyo Kubogidan söng, ba'zi yoşi katta futbolçilardan voz keçiş fikri unda paydo böldimi yoki endi rahbariyat Kuperga yoşlarga işonç bildiriş majburiyatini qöyadimi?
Agar birinçi variant bölsa, har qanday professional murabbiy sifatida vaziyatga bu tarzda yeçim izlaş notöğri ekanini Kuper bilişi kerak. Murabbiy konkret qaysi futbolçidan norozi bölganini oçiq aytişi va uni jalb qilmaslik mas'uliyati ostida işlaşga rozi bölişi kerak. Xuddi Vitaliy Denisov bilan bölganidek. Bu haqida faqat rahbariyatga hisobot beriş va ularning yordamida, aytaylik, Odil Ahmedovdan voz keçişni «yoşlarga e'tibor beriş» siyosati bilan «suvaş» juda xato strategiya böladi. Tasavvur qiling, faqat bir ikki futbolçidan «qutuliş» qarori «yoşlarparvarlik» bilan izohlanişi mamlakatda töp surayotgan juda köp yoşi katta futbolçilarga bölgan munosabatni yoki ularning futbolga munosabatini özgartirib yuborişi mumkin. Aytaylik, Nosir Otaqöziyev öttiz beş yoşdan keyin kuçayib ketib, Ibrahimoviçga öxşaş gollar urişni boşlasa nima böladi? Uni terma jamoaga jalb qila olmay qolamizmi keyin?
Agar ikkinçi variant bölsa, bu ham notöğri. Boş murabbiyga rahbariyat tomonidan tarkibni tanlaş strategiyasi böyiça körsatmalar berişi yaxşi emas. Bunday munozaralar hali Kuper tayinlanmasidan ilgari böladi, terma jamoani yoşartiriş, aytaylik, beş yildan keyingi turnirga tayyorlaş uçun yoşlarni öynatadigan murabbiy izlanayotganini, Kuperdan kutilayotgan asosiy talablar va istaklar, çeklovlar muhokama qilinadi. Murabbiy bunga rozi bölsa, qabul qiladi, aks holda taklifga rozi bölmaydi. Lekin işlab turgan murabbiyga bunday talablar qöyiş töğri emas.
Tarkibni yoşartiriş siyosati gap-söz bilan yoki qaysidir yoşi katta futbolçidan faqat şu sabab bilan voz keçiş bilan hal qilinmaydi. Bu amalda masalan, yoş futbolçilarga yana e'tibor qaratiş, muhim öyinlarda qörqmasdan ularni sinab köriş orqali böladi, şunday amaliy qarorlar orqali, yoş futbolçilarga murabbiyning yoki federatsiyaning munosabati namoyon qilinadi. Şunçaki, taqiq yoki körsatma orqali terma jamoa nomzodlarini qisqartirib yuboriş, balki hozir hamma kutib turgan qaror bölgandir, çiroyli va aqlli siyosat körinişi mumkin – «ana qarang, Qatar yoşlarga e'tibor berdi va çempion böldi, biz ham şunday qilamiz» qabilida, lekin kelajakda, muhim pallalarda zararimizga işlaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi