Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik yoshlar eng keng ko‘p tanlaydigan kasblar aniqlandi
Foto: iStock
Rossiya Federatsiyasi prezidenti qoshidagi xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining so‘nggi tadqiqoti natijalariga ko‘ra rossiyalik bitiruvchi yoshlar davlat ishida barqaror daromad olishni istamaydi.
Kollej va texnikumlar bitiruvchilarining 39,2 foizi tadbirkor bo‘lishni eng ma'qul tanlov deya hisoblaydi. 18 – 30 yosh oralig‘idagi yoshlar bundan bir necha yil oldin davlat ishiga joylashib, barqaror daromad olish istagida bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu tanlov huquqshunoslikdan so‘ng uchinchi o‘rinda turibdi.
Ro‘yxatning to‘rtinchi pog‘onasida 25 foiz tanlov bilan muhandislik kasbi turibdi. Yoshlarning ayrim qismi ishchi mutaxassisliklariga ham qiziqish bildirgan. Ular orasida oziq-ovqat va savdo, metall qayta ishlash, transport sohalariga qiziquvchi yoshlar ham ko‘p topiladi.
O‘rta qatlam mutaxassislari orasida «iqtisod va boshqaruv» yo‘nalishini tanlaganlar so‘rovda qatnashganlarning sezilarli qismini tashkil etadi. Ro‘yxatning eng quyi pog‘onalarida jurnalist, olim va boshqa san'at sohasiga oid kasblar turibdi.
Mavzuga oid
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
12:45 / 26.12.2025
“Kasblar shaharchasi” tashkil etiladi: maktab o‘quvchilari zamonaviy kasblarga yo‘naltiriladi
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
22:09 / 13.12.2025