Jahon | 00:49 / 04.02.2019
12493
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Afg‘oniston va Suriyaga qo‘shinni qaytarishi mumkinligini aytdi

Foto: REUTERS

Agar zaruriyat tug‘ilsa, amerikalik harbiylar Afg‘oniston va Suriyaga tezda qaytishlari mumkin. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga intervyuda ma'lum qildi. 

“Agar zaruriyat bo‘lsa, biz qaytamiz. Bizda tez uchuvchi samolyotlar, juda yaxshi yuk samolyotlari bor”, deb aytgan Tramp.

Trampning aytishicha, u Afg‘onistonda qo‘shinlarning kichik kontingentini qoldirish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, gap razvedka haqida bormoqda. “Men u yerda razvedkachilarni qoldiraman va agar terrorchilikning yangi o‘choqlari shakllanayotganini ko‘rsam, unda bunga qarshi biror chora ko‘raman”, deb aytgan Tramp. U Afg‘onistonda qo‘shinlarni saqlash uchun “o‘tgan yildagi kabi 51 mlrd dollar sarflamasligini” aytgan.  

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, hozirda Suriyada 2 mingga yaqin amerikalik harbiy qolmoqda. Uning aytishicha, qo‘shinlar bu davlatdan AQSh IShID tomonidan nazorat qilinuvchi hududning qolgan qismi ustidan nazoratni o‘rnatishi sayin ketishni boshlamoqda. 

Trampning ta'kidlashicha, harbiylar Iroqdagi bazada joylashtiriladi, ulardan ba'zilari keyinroq uylariga qaytariladi. “Biroq biz qolmoqchimiz. Biz Isroilni himoya qilishimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. 

Mavzuga oid