Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Chegara qo‘shinlari giyohvand moddalar va tovar moddiy boyliklarning katta partiyasini qo‘lga oldi
Chegara qo‘shinlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat chegarachilari shu yilning yanvar oyi oxirlari va fevral oyi boshlarida giyohvand moddalar va tovar moddiy boyliklarning yirik partiyasini ushlashdi.
Olingan ma'lumotlardan ma'lum bo‘lishicha, 29 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi S.Xayitov Toshkent tumani Tutzor chegaraoldi aholi punktida chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Uni ko‘zdan kechirish chog‘ida, umumiy og‘irligi taxminan 2 kilogramm 500 gramm bo‘lgan giyohvand moddalar (1 kg. 900 g marixuana va 600 g gashish) aniqlandi.

Shu kuni Namangan viloyatining Zarkent chegaraoldi aholi punktida Z.Ortiqov chegara naryadi tomonidan qo‘lga olindi. U o‘zining «Mersedes» avtomobilida belgilangan qoidalarni chetlab o‘tib, O‘zbekistonga davlat chegarasi orqali umumiy qiymati 172 mln so‘m bo‘lgan 57 ta televizor va 2 ta elektr pechni olib kirgan.

Joriy yilning 1 fevral kuni. Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Tojikiston fuqarosi F.Xolmatov tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinish uchun qo‘lga olindi. U noqonuniy tarzda chegaradan umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan tamaki mahsulotlarini (9,6 ming quti sigaret) olib o‘tishga harakat qilgan.

Ushbu holatlar yuzasidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar ko‘rildi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026