Sport | 18:23 / 05.02.2019
9151
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino soliqdan qochgani uchun qamoqqa hukm qilindi, ammo u jarima bilan qutuldi

Foto: Reuters

«Real» va «Manchester Yunayted» klublarining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniya soliq qonunchiligini buzganini tan oldi.

Portugaliyalik mutaxassis 2011-2012 yillarda «Real» klubida ishlab yurganida, taxminan 2 million yevro miqdorida soliq to‘lamaganiga iqror bo‘lgan. 

Endi u 182,500 yevro miqdorida jarima to‘laydi, shuningdek, o‘z ixtiyori bilan soliq idoralaridan yashirilgan 2 million yevroni Ispaniya g‘aznasiga to‘laydi.

Sud Mourinoni 12 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilgan, mutaxassis bu hukmga rozi bo‘lgan. Aks holda uni qo‘shimcha ravishda yana 3,3 million yevro miqdoridagi jarima kutayotgan edi.

Ispaniya qonunlariga ko‘ra, iqtisodiy jinoyatlar uchun qo‘llanadigan va 24 oygacha bo‘lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi.

Mavzuga oid