Qoraqalpog‘istondagi davlat biosfera rezervati YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin
2019 yil 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning O‘zbekiston Respublikasidagi YuNeSKO vakili majburiyatlarini vaqtincha bajaruvchi Alvarez-Laso Mariya del Pilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YuNeSKO hamkorligini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil oktyabrda Fransiyaga rasmiy tashrifi O‘zbekistonning YuNeSKO bilan hamkorligini rivojlantirishga yangicha turtki berganligini ta'kidladilar. Tashrif davomida imzolangan O‘zbekiston hukumati va YuNeSKO o‘rtasida Hamkorlik bo‘yicha mamlakat dasturi, shuningdek YuNeSKO bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi amalga oshirilmoqda.
Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonning YuNeSKO bilan o‘zaro hamkorligi mamlakatda fan, madaniyat va ta'lim, turizmning yanada rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, adolat va qonuniylik hurmat qilinishini ta'minlash, shuningdek BMT Ustavida e'lon qilingan insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini manfaatlari yo‘lida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish mexanizmi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘istondagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini YuNeSKO jahon biosfera qo‘riqxonalari tarmog‘i obektlari ro‘yxatiga kiritish masalasiga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
19:25 / 26.09.2024
YuNeSKO O‘zbekistondagi G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimiga xavf solayotgan tahdidlar haqida ogohlantirdi
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024