Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni yamanlik ekstremistlarga AQSh qurolini yetkazib bermoqda – CNN
Foto: AFP/Getty Images
Saudiya Arabistoni va uning Yamanda harbiy harakatlar olib borayotgan koalitsiya bo‘yicha hamkorlari AQSh bilan kelishuvlarni buzgan holda “Al-Qoida” terrorchilik guruhi bilan bog‘langan ekstremistlarga AQSh qurolini yetkazib bermoqda. Jurnalistik surishtiruv davomida olingan bunday ma'lumotlar CNN telekompaniyasi tomonidan taqdim qilindi.
CNN’ning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni va BAA AQSh qurolidan jangarilar va isyonkor qabilalarning sodiqligiga erishishga imkon beruvchi, muayyan qurol-aslaha sotuvchilarining daromadini oshirish va umumiy holda Yamanda siyosiy kuchlarga ta'sir o‘tkazish vositasi sifatida foydalanmoqda.
Bunday yondashuv esa AQSh qurol-yarog‘i, harbiy texnikasini koalitsiya a'zolariga sotish haqidagi kelishuv shartlarining buzilishi hisoblanadi.
Telekompaniya o‘tgan yil sentyabrda huquq himoyachilari Yamanning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya zarbalari vaqtida odamlar halok bo‘lgan bir qator joylarida AQSh aviabombalari bo‘laklarini topishgani haqida xabar bergan. Keyinroq yamanlik huquq himoyachilari CNN’ga AQSh aviabombalarining bo‘laklari tinch aholi halok bo‘lgan boshqa joylarda ham topilgani haqidagi hujjatni taqdim qilishgan.
Yamanda 2014 yil avgustdan beri hukumat kuchlari va isyonchi husiylar o‘rtasida qarama-qarshilik davom etib kelmoqda.
Mavzuga oid
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026
O‘zbekistonda Saudiya Arabistonining yangi elchisi ish boshladi
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026