Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Nagasakida o‘tkaziladigan tinchlik marosimiga taklif etilmaydigan bo‘ldi
Yaponiyalik faollar Isroil tomonidan G‘azoning o‘qqa tutilayotgani, minglab falastinliklar qurbon bo‘layotganidan norozi.
Isroil 1945 yilda Nagasakiga atom bombasi tashlangani xotirasiga bag‘ishlab tashkil etiladigan marosimga taklif etilmaydi. Bu haqda Nagasaki shahri meri mahalliy OAVga ma’lum qildi.
Mazkur qaror Xirosimaning qaroridan farq qildi — shahar o‘tgan oyda Isroilga yuborilgan taklifini qaytarib olish niyatida emasligini ma’lum qilgandi. Ikkala shahar ham faollar hamda bombardimondan jabrlanganlar guruhi bosimi ostida qolmoqda. Ular Isroil tomonidan G‘azoning o‘qqa tutilayotgani, minglab falastinliklar qurbon bo‘layotganidan norozi.
Nagasaki meri Siro Sudzukining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning ro‘yxatdan nafaqat siyosiy qaror sabab, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham chiqarib tashlangan.
«Ushbu qaror siyosiy qarashlar sabab emas, balki atom portlashi qurbonlari xotirasiga hurmat yuzasidan marosimni tinch va tantanali muhitda o‘tkazish maqsadida qabul qilinganini alohida ta’kidlashni istardim», — deydi Sudzuki.
Xirosimada esa vaziyat boshqacha — bu Ikkinchi jahon urushi yakunida atom bombasi tashlangan birinchi shahardir. Har yili diplomatlar har ikki shaharda tashkil etiladigan tinchlik marosimiga taklif etiladi.
Xirosimada o‘tkaziladigan joriy yilgi marosimga 115 ta davlat va Yevropa Ittifoqidan vakillar taklif etilgan. Shaharda 1945 yilgi bombardimon va undan keyingi nurlanishlar oqibatida 10 minglab odamlar qurbon bo‘lgan.
Isroilning Yaponiyadagi elchisi Gilad Koen X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali Nagasakining qarorini «taassuf» bilan qabul qilganini aytib, u «butun dunyoga noto‘g‘ri signal yuborayotganini» qo‘shimcha qildi.
Kyodo News ma’lumotlariga ko‘ra, Sudzuki iyun oyida Isroilga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha maktub yo‘llagan. 1 avgust kuni esa Nagasaki meri so‘nggi haftalarda Isroilning taklif etilishiga xizmat qiladigan biror o‘zgarishni ko‘rmaganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:00
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:30 / 08.06.2026