SSSR ommadan yaşirgan sinov: Permda portlatilgan uçta atom bombasi
|17:40 / 25.08.202425 0258 min
1970-yillar boşlarida sovetlar Perm viloyatida uçta bomba portlatişadi. Ularning kuçi amerikaliklar Yaponiyaga taşlagan atom bomba kuçidan uç barobar köp edi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
AQŞning Yaponiyadagi Hiroşima va Nagasaki şaharlariga atom bombasi taşlaganiga 79 yil böldi. Öşanda jabrlangan yapon xalqi mislsiz fojiani hamon unutgani yöq.
Hanuzgaça Hiroşima va Nagasakida radiatsiya miqdori baland va bu yerda çaqaloqlar nuqson bilan tuğiladi.
Insoniyat Ikkinçi jahon uruşidan hamda Hiroşima va Nagasaki fojiasidan yetarliça xulosa çiqarmadi. Öşandan keyin ham dunyoda köplab uruşlar bölib ötdi. Qurolli mojarolar va uruşlar bugun ham davom etmoqda.
Boz ustiga, ötgan asrning ikkinçi yarmida önga yaqin davlat yadro qurollariga ega böldi va bu ham Yer kurrasi uçun eng jiddiy xavf hisoblanadi.
Yadro qurollariga ega davlatlar orasida SSSR alohida ajralib turgan. Bu davlat XX asrning 60–70-yillarida juda köp marta atom bombasi sinovlarini ötkazgan.
Bundan taşqari, turli loyihalarni amalga oşirişda öz fuqarolari soğligini, hududlarning yaroqsiz bölişini inobatga olmasdan, atom bombalarini qöllagan.
Sovetlar Örtabuloqdagi gaz konini ham atom bombasi portlatib jilovlaşadi
Uzoqqa bormaylik, hatto Özbekiston hududida ham ikki marta gaz konini jilovlaş uçun atom bombadan foydalanilgan. Birinçisi 1966 yilda Buxoro viloyatidagi Örtabuloq gaz konini, ikkinçisi 1967 yilda Qaşqadaryo viloyatidagi Pomuq gaz konini jilovlaşda atom bombasi portlatilgan.
Umumiy hisobda 1965 yildan 1988 yilgaça SSSRda tinç maqsadlarda, turli loyihalarni amalga oşiriş uçun 124 marta atom bombasi portlatilgan.
Şundan 117 ta portlaş maxsus poligonlardan taşqarida, aholi maskanlariga yaqin joylarda amalga oşirilgan. Sovetlar bu portlaşlarni “Xalq xöjaligi uçun yadro portlaşlari” dasturi doirasida amalga oşirgan.
Jumladan:
Rossiyada – 80 ta;
Qozoğistonda – 39 ta;
Ukrainada – 2 ta;
Mavzuga oid
Özbekistonda – 2 ta;
Turkmanistonda – 1 ta atom bombasi portlatilgan.
Aholi örtasida vahima kelib çiqmasligi va xorijiy OAVda xabarlar tarqalmasligi uçun atom bombalarining portlatilişi ommadan sir tutilgan.
Biroq portlaş vaqtida sodir bölgan yer silkinişlari va atrofga tarqaladigan radiatsiya tölqinlari tufayli xalqaro hamjamiyat ularning aksariyatini bilgan.
“Tayga” loyihasi doirasida atom bombasi portlatilişi ana şunday işlardan biri bölgan. Öşanda Peçora va Kolva (Kama daryosining irmoği) daryolarini özaro boğlaş uçun atom bombalaridan foydalaniş reja qilingan. Uçta portlaşdan söng Yevropa davlatlari va xalqaro taşkilotlar bosimi ostida bu iş töxtatilgan.
“Tayga” loyihasi
Aslida barçasi 1960-yillarda, Özbekistonda paxta yakkahokimligi avj olgan paytdan boşlangan. Özbekiston va uning atrofidagi respublikalarda çöllar özlaştirilgaç, Amudaryo hamda Sirdaryodan paxta dalalariga qarab köplab kanallar tortiladi. Oqibatda Orolga suv bormay qöyadi va dengiz quriy boşlaydi.
Boşqa tomondan Volga daryosida köplab suv omborlari qurilişi tufayli Kaspiy dengiziga tuşadigan suv miqdori ham kamayadi.
Şundan söng sovetlar Sibir va Uraldagi daryolarni Örta Osiyoga oqizişni reja qilişadi. Suvning bir qismi Kaspiy dengiziga, boşqa bir qismi esa Orol dengiziga quyilişi kerak edi.
Irtiş daryosining suvlarini Orolga oqiziş rejasi
Avvaliga Kama va Peçora daryolarini özaro boğlaş, şu orqali Peçoraning suvini Volga daryosi orqali Kaspiy dengiziga olib keliş maqsad qilinadi. Bu loyiha bitgandan söng Irtiş daryosini Orol dengiziga oqiziş uçun Qozoğiston çöllarida kanal qazilişi kerak edi.
Biroq bu işlarni amalga oşiriş oson emasdi. Kama va Peçora daryolarini boğlaş uçun bir neça yuz km, Qozoğiston orqali esa bir neça ming km masofada kanal qaziş işlariga juda katta mablağ hamda işçi kuçi sarflaş lozim bölardi. Şuningdek, kanal qaziş işlari uzoq vaqt davom etardi.
Sovetlar işni tezroq va arzonroq bitiriş uçun kanalni atom bombasi yordamida qazişga qaror qiladi. Ular bu işni Kama va Peçora daryolarini boğlovçi kanal qurilişidan boşlaydi va bu yerda 200 dan ortiq atom bombasi portlatilişi reja qilinadi.
1971 yil 23 mart kuni Perm viloyati Çerdinskiy rayonida joylaşgan Vasyukovo qişloği yaqinida uçta atom bombasi yer ostiga kömilib, portlatiladi.
Bombalarning har biri 15 kilotonna yadro zaryadiga ega bölib, ular amerikaliklar Hiroşimaga taşlagan 15 kilotonnali atom bombasidan qariyb uç barobar kuçli edi.
Bombalar bir biridan 200 metr uzoqlikda joylaştiriladi va ular bir vaqtda portlatiladi. Oqibatda uzunligi 700, eni 380, çuqurligi 10-15 metr bölgan köl paydo böladi.
Portlaş paytida yer yuzasidagi tuproq 300 metr, undan çiqqan çang esa 1 800 metr balandlikkaça kötariladi va atrofga soçilib ketadi.
Keyinçalik, hodisa guvohlari qattiq gumburlaşdan söng yer qattiq silkinganini va episentrdan osmonga avval olov, söng çang kötarilganini aytgan.
Birinçi portlaş muvaffaqiyatli amalga oşirilgandan söng sovetlar keyingi portlaşlarga tayyorgarlik köra boşlaşadi. Biroq bu iş amalga oşmaydi.
Perm viloyatida portlatilgan atom bombalarning radiatsiya tölqini Yevropagaça yetib boradi. Masalan, Permdagi atom bombasi portlaşining radiatsiya tölqini Şvetsiyada ham aniqlanadi.
Şundan söng Yevropa davlatlari va boşqa xalqaro taşkilotlar darhol SSSRdan 1963 yilda Moskvada imzolangan kelişuv şartlariga amal qilişni talab qiladi.
Ma’lumot uçun, 1963 yil 5 avgust kuni Moskvada SSSR, AQŞ va Britaniya vakillari tomonidan “Yadro qurollarini atmosfera, kosmik kenglik va suv ostida ötkazişni taqiqlaş haqida”gi şartnoma imzolanadi.
Köp ötmay bu şartnomaga dunyoning köplab davlatlari qöşiladi va uni imzolab, ratifikatsiya qiladi. Şartnoma 1963 yil 10 oktyabrdan boşlab kuçga kiradi. Ayni paytda bu şartnomani 131 davlat ratifikatsiya qilgan.
Yadro portlaşi oqibatlari
Yevropaliklarning haqli e’tirozidan keyin sovetlar atom bombalarini portlatib kanal oçiş rejasidan voz keçadi. Portlaş oqibatida oçilgan joy suv bilan tölib, kölga aylanadi.
Öşa paytda radiatsiya tölqinlari juda katta hududga tarqaladi va tabiatga, hayvonot dunyosiga hamda öşa atrofda yaşayotgan odamlarga juda katta zarar yetkazadi.
Radiatsiya öçoği bölgan köldagi suv atrofdagi hayvonot dunyosi uçun juda xavfli edi. Şu sababli köp ötmay uning atrofi tösiq bilan örab çiqiladi. Tösiqqa “Xavfli hudud, kiriş mumkin emas”, “Ehtiyot böling, radiatsiya” degan yozuvlar ilinadi va obektni harbiylar qöriqlay boşlaydi.
Keyinçalik harbiylar kölni qöriqlaşni töxtatadi. Şundan söng qarovsiz qolgan tösiqning bir qismi yaroqsiz holga keladi. Kölga örmon hayvonlari va öşa atrofda yaşovçi odamlar öta boşlaydi.
Odamlar köl suvi radiatsiya bilan töyinganini bilardi, biroq undan suv içgan hayvonlar nobud böladi.
Bugungi kunda yadro portlaşidan söng hosil bölgan köl “Yadro köli” deb ataladi va unda radiatsiya bilan zaharlangan suv bor. Kölda bir neça turdagi baliqlar yaşaydi.
Aslida Yadro köli va uning atrofiga yaqinlaşiş mumkin emas. Biroq öşa atrofda yaşaydigan aholi köldan baliq tutadi, örmonlardan qöziqorin teradi. Boşqalar esa atom bombasiga işlatilgan va tösiqlardan qolgan metallomni yiğiştiradi.
Permda portlatilgan atom bombasining temir bölagi
Garçi Yadro köliga borişga ruxsat bölmasa-da, sönggi yillarda Rossiyada u yerga sayohatga boriş birmunça avj oldi. Turfirmalar hatto eski vertolyotlarni ijaraga olib, sayohatçilarni Yadro köliga olib bormoqda.
2024 yilda rossiyalik bir guruh mutaxassislar Perm viloyatining turli hududlarida radiatsiya miqdorini ölçaşadi. Şunda portlaş markazida paydo bölgan Yadro köliga qaraganda Perm şahrida radiatsiya miqdori balandligi aniqlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi