Ğarb davlatlari rasmiylari va Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) AQŞ va Isroil havo hujumlaridan oldin Eronda bölgan 400 kg yuqori boyitilgan uran bilan nima sodir bölganligi haqida aniq ma’lumotlarga ega emas. Bu haqda 29 iyun, yakşanba kuni manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Agentlik Tehron yadroviy dasturini çeklaş uçun mas’ul bölgan önlab amaldagi va sobiq Ğarb rasmiylari bilan suhbatlaşganini da’vo qilmoqda. Ularga köra, Eron boyitilgan uranni yadroviy inşootlardan AQŞ yoki Isroil zarbalaridan oldin olib çiqişga muvaffaq bölganmi yoki yöqmi, aniq ma’lum emas. Bu materialni qidiriş endi Eron va Ğarb örtasidagi «muşuk-siçqon öyini»ga aylanadi, dedi manbalardan biri.
AEXA bahosiga köra, Eron 2025 yilgi uruşgaça 400 kgdan ortiq 60 foizgaça boyitilgan uranga ega edi. Bu 90 foiz qurol darajasiga yaqin. Reuters agentligiga köra, bu miqdor töqqizta atom bombasini yaratiş uçun yetarli.
«Hatto hisobga olinmagan miqdorning kiçik bir qismi ham Eron yadro quroliga ega böliş qobiliyatini saqlab qolgan deb hisoblaydigan Ğarb davlatlari uçun jiddiy muammo böladi», deb yozadi Reuters.
«Agar eronliklar 400 kg yuqori darajada boyitilgan uran haqida rostini aytib bersa, muammo hal böladi. Ammo ular buni qilmasa, u bilan nima bölganini heç kim aniq bila olmaydi», dedi agentlikka ğarb diplomati.













