Qirğiziston parlamenti suv resurslaridan foydalanganlik uçun Özbekiston va Qozoğistonga nisbatan tölov prinsipini joriy etiş masalasini kötarib çiqdi.
Qirğiziston parlamenti «Qirğiziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasini (Suv kodeksi, «Suv töğrisida»gi qonun) ikkinçi öqişda körib çiqmoqda. Uning asosiy maqsadi suv resurslari va suv obektlaridan foydalanganlik uçun tölov prinsipini joriy qilişdir. Muhokamalar çoğida ayrim deputatlar Özbekiston va Qozoğistondan suv uçun pul olişni talab qiliş taklifi bilan çiqişdi.
- Qirğiziston suv omborlaridan har yili taxminan 22 milliard kub metr suv Özbekiston va Qozoğistonga yetib boradi. Ya'ni, suvning 80 foizidan köproği qöşnilarga berilmoqda. Yaqinda Toktogul suv omborini ta'mirlaş uçun 450 million dollar ajratiş masalasini körib çiqdik. Nima uçun hukumatimiz qöşnilardan töğon uçun pul tölaşni söramayapti? - deya ta'kidlab ötdi deputat Umbetali Qidiraliyev.
Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirining örinbosari Janibek Kerimaliyev ma'lum qilişiça, agar parlament Suv kodeksi va Suv töğrisidagi qonunga özgartişlarni ma'qullasa, unda bu qöşni mamlakatlardan tölov talab qilişga imkon yaratadi.
Kerimaliyevning sözlariga köra, Qozoğiston avval suvdan foydalanganlik uçun 75 million tenge (197 474 dollar) tölagan, hozir esa 119 million tenge (taxminan 313 326 dollar) tölayapti.
Moliya vaziri örinbosari Uluğbek Karimşakovning aytişiça, qöşni davlatlar hozirda suv uçun emas, balki suv omborini ta'mirlaş uçun tölaşmoqda.
Bundan avval, 2000-yillarda parlament a'zosi bölgan va Qirğizistonni 24 yil davomida, 1961 yildan 1985 yilgaça boşqargan Turdakun Usubaliyev ham qöşni mamlakatlardan suv uçun tölov joriy etiş töğrisidagi masalani kötargandi.
Biroq, öşa paytda Özbekiston prezidenti Islom Karimov suv transmilliy mulk ekanini ta'kidlagan va bunga qat'iy qarşi çiqqan.
Suvdan foydalaniş şartlarini tartibga soliş muammosi 2007-2008 yillarda qöşni mamlakatlar iştirokida kötarilgan bölsa-da, bu masala Qirğiziston foydasiga hal qilinmagan, deyiladi xabarda.
Qirğizistonning «Suv töğrisida va Qirğiziston Respublikasining «Suv haqida»gi kodeksi» qonuniga taklif etilgan tuzatişlar suvdan foydalanganlik uçun tölov majburiy bölişini nazarda tutadi.
Qirğizistonlik deputat: Özbekiston Kosonsoy suv ombori böyiça xarajatlarni qaçon moliyalaştiradi?











