O‘zbekiston | 22:10 / 07.02.2019
12851
3 daqiqa o‘qiladi

Bir necha ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlar Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkaziladi

​O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida​»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va ta'lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

  1. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
  2. Buxoro avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji.
  3. Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kolleji.
  4. Urganch avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji.
  5. Toshkent avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji.
  6. Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti.
  7. Buxoro yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish markazi.
  8. Namangan yo‘l xo‘jaligi xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazi.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi

  1. «O‘zavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi.
  2. Avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti.
  3. Nukus avtomobil-yo‘l xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji.
  4. Andijon transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji.
  5. Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji.
  6. Avtobuslarda yo‘lovchi tashish (shu jumladan xalqaro), avtomobillarda yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek transport-logistika, to‘xtash punktlarini qurish, qayta tiklash va ta'mirlash faoliyatini amalga oshiruvchi maxsuslashtirilgan tashkilotlar (jami 13 birlik).
  7. «UZAUTOTRANS SERVIS».
  8. «O‘zavtovokzal servis».
  9. Agentlik ishtirokidagi avtovokzal va avtobekatlar.

O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

  1. O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi.
  2. Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid