O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekistonning tarkibida Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov bo‘lgan delegatsiyasi 2019 yil 4 fevralda Vashingtonda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birga amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan
“Men oxirgi yil ichida erishilgan aqlbovar qilmas muvaffaqiyatni ta'kidlamasdan o‘tolmayman. Ochig‘ini aytganda, chetki kuzatuvchilar, hattoki O‘zbekistonning bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlaridan hech biri bolalar va majburiy mehnat masalasida va umuman fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi hayratlanarli natijalarni kutmagan”, deb aytgan Myuller.
Jahon banki vakili uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha yanada hamkorlik qilish mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. Birinchisi, O‘zbekiston, Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi uch tomonlama formatni davom ettirish. Ikkinchisi, bandlikni ta'minlash va mehnat uchun qulay sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish. Uchinchi yo‘nalish – infratuzilmaviy rivojlantirish, energiya samaradorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, mamlakatning savdo va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish.
Shuningdek, Siril Myuller moliyalashtirilishida Jahon banki ishtirok etishi mumkin bo‘lgan eng istiqbolli loyihalarni muhokama qilgani mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
17:27 / 06.11.2024
Jahon banki iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini baholadi
21:49 / 04.11.2024