Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Vaqf" fondi Surxondaryodagi "Obi-hayot" aksiyasi doirasida suv chiqarish ishlarini davom ettirmoqda
Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, “Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan “Obi-hayot“ nomli aksiya tashkil etilib, Surxondaryo viloyatida suv chiqarish ishlari boshlab yuborilgan.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Bog‘i obod", "Sebzor" va "Ehtirom" mahallalari aholisiga fond tomonidan ko‘mak ko‘rsatilmoqda. 12 ming nafarga yaqin aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Ushbu xayrli ishlarda mahalla aholisi ham faol ishtirok etmoqda.

Fond tomonidan bir kilometrlik quvurlar yetkazib berilib, qazish va montaj ishlari davom etyapti. Qishloq aholisi ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, ularning haqlariga duoi xayrlar qilmoqdalar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
07:19 / 24.03.2026
Eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega mamlakatlar reytingi
08:22 / 13.03.2026