Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Trampga Venesuela ishlariga aralashmaslik haqidagi murojaatni imzoladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores AQSh prezidenti Donald Trampga Venesuela ishlariga aralashmasligi talab qilingan murojaatni imzoladi.
7 fevralda Maduro rafiqasi hamrohligida imzolarni to‘plash punktlaridan biri joylashgan Bolivar de Karakas maydoniga kelgan. Murojaatga avval Maduro, keyin rafiqasi imzo qo‘ygan.
“Bugun biz tinchlik uchun imzo chekdik va har kuni uni muhabbat, sabr va qat'iyatlik bilan, Nikolas Maduro bilan yagona front bo‘lib himoyalamoqdamiz”, deb yozgan Siliya Flores tvitterda.
Aksiyadan maqsad AQShning Venesuela ishlariga aralashishiga qarshi 10 mln.ta imzo to‘plash hisoblanadi.
Ayni vaqtda Venesuelada siyosiy inqiroz davom etmoqda. Mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy taranglik ortida parlament spikeri Xuayn Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026