O‘zbekiston | 08:26 / 08.02.2019
5084
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va YeI hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundini yakunladi

2019 yilning 4-7 fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

TIV xabariga ko‘ra, tomonlarning nufuzli delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining boshqaruvchi direktori o‘rinbosari Lyuk Devin boshchilik qildilar.

Bitim loyihasi tuzilmasi bo‘yicha bir xil tushunchaga kelindi va uchta guruhga bo‘linib, hujjat loyihasining barcha bo‘limlari batafsil va konstruktiv ravishda muhokama qilindi va mumkin bo‘lgan o‘zaro maqbul qoidalar belgilandi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra, Bitim loyihasining savdo qismi bo‘yicha ekspertlar uchrashuvlari O‘zbekistonning tegishli vazirliklari vakillari ishtirokida haftaning oxiriga qadar davom etadi.

KShHB bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundini Bryussel shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Yevropa delegatsiyasining Toshkent shahrida bo‘lishi chog‘ida «Bosh preferensiyalar tizimi plyus» («BPT+») maqomini olishga O‘zbekiston talabnomasini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuvlar, «BPT+» maqomini olishning ustunliklari bilan tanishtirish maqsadida mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari uchun brifing ham bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid