Insoniyat azaldan oltinga işqiboz bölib kelgan va boylikning bu şaklini juda qadrlaydi. Davlatlar ham öz oltin zaxiralarini yaratişga va köpaytirişga intilişi bejizga emas. Çunki bu qimmatbaho metall iqtisodiy böhronlarga çidamli, öz bahosini barqaror saqlay oladi.

Quyida 2018 yil ma'lumotlariga köra oltin zaxiralari hajmi böyiça kuçli önlikka kirgan davlatlar röyxati keltiriladi.

10. Hindiston, 560,3 tonna

Bu davlatda oltinni juda yaxşi körişadi va aholi tomonidan katta miqdorda xarid qilinadi. Ayniqsa kuz-qiş oylarida bölib ötadigan töylar mavsumida oltin bozori yanada qiziydi. Davlat ham bu metallga bee'tibor emas va katta zaxira töplab qöygan.

9. Niderlandiya, 612,5 tonna

Golland markaziy banki öz oltinlarini Amsterdam şahridan Nyu-Amsterdamdagi yangi lagerga köçiriş orqali xavfsizlikni kuçaytirişni rejalaştirgan. Bunga yetarli sabablar bor – Niderlandiya özi kiçik davlat bölsa-da, oltin zaxirasi bilan köpçilikning havasini keltira oladi.

8. Yaponiya, 765,2 tonna

Iqtisodi jihatdan kuçli uçlikda bölgan bu davlat oltin saqlaş böyiça ham yetakçilardan biri hisoblanadi. Bu davlat aholisining öziga xos jihati davlatga zarurat tuğilganda odamlar öz oltinlarini berişga tayyor turişadi.

7. Şveytsariya, 1,040 tonna

Ikkinçi jahon uruşi davrida betaraflik siyosatini qöllagan bu davlat öşa yillarda oltin savdosining markaziga aylanişga muvaffaq bölgandi. Bugungi kunga kelib bu savdolar asosan Osiyoga, xususan Hongkong va Xitoyga köçdi.

6. Xitoy, 1,842 tonna

Yaqin-yaqingaça Xitoy özining oltin zaxiralari böyiça ma'lumotlarni oşkor qilmasdi, ammo sönggi yillarda şaffoflik siyosati qöllanilmoqda. Bu davlat iqtisodiga nisbatan oltin zaxirasi kam tuyiladi. Bu töğri, Xitoy özining umumiy zaxirasining 2,5 foizinigina oltin şaklida saqlaydi, qolgan zaxiralar xorijiy valuta va qimmatli qoğozlar körinişida.

5. Rossiya, 1,910 tonna

Oxirgi 7 yil davomida Rossiya markaziy banki eng yirik xaridorlardan biri bölib keldi. Bunga sabab bor edi albatta. Doimiy sanksiyalar natijasida Rossiya zaxirani oşirişga majbur edi va şu yöl bilan öz iqtisodi hamda valutasi barqarorligini ta'minlaşga urindi.