Özbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari töğrisidagi ma'lumotni e'lon qildi.

2018 yilning dekabr oyida yalpi oltin-valuta zaxiralari 1,09 mlrd AQŞ dollariga ortib, 27,08 mlrd dollarni taşkil qildi.

2019 yil 1 yanvar holatiga köra sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 26,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.

Xorijiy valutalari aktivlar 1,4 mlrd dollarga köpayib, 12,4 mlrd dollarga teng böldi.

Monetar oltin hajmi esa 326,2 mln dollarga kamayib, 14,6 mlrd dollarni taşkil qildi. 

Markaziy bank izohida aytilişiça, 2018 yil yanvar-dekabr oylarida oltin-valuta zaxiralarining kamayişi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1281,65 doll/tr.unsiyaga pasayişi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valuta zaxiralarining kamayişga ta'siri - 160,7 mln.doll.).

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valuta aktivlari va quyma şaklidagi monetar oltindan iborat.

Eslatib ötamiz, dekabr oyi örtalarida Özbekiston oltin-valuta zaxiralari kamaygani ma'lum bölgandi.