Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabarovskda O‘zbekiston fuqarosi vokzalni «minalashtirgani» uchun jarimaga tortildi
Xabarovsk-1 temir yo‘l stansiyasi/Foto: LiveJournal
Xabarovskning Jyeleznodorojniy tuman sudi qarori bilan O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqarildi. U terrorizm akti haqida yolg‘on xabar berishda aybdor deb topildi. Bu haqda Rossiyaning Uzoq Sharq transport prokuraturasi matbuot xizmati ma'lumotlarida aytiladi.
Sudning aniqlashicha, 2018 yil 15 oktabr kuni ayblanuvchi Xabarovsk-1 temir yo‘l stansiyasi binosida bo‘lib, Xabarovsk o‘lkasi hukumatining Yagona dispetcherlik xizmati telefoni orqali portlashga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida yolg‘on ma'lumot bergan.
Xabarovsk transport prokuraturasining davlat ayblovchisi pozitsiyasini hisobga olib, sud ayblanuvchi o‘z aybini to‘la tan olgani, huquqni muhofaza qilish organlariga terrorizm akti haqidagi yolg‘on xabarni tekshirish uchun ketgan xarajatlarini qoplab bergani munosabati bilan uni 20 ming rubl (300 AQSh dollari) miqdoridagi jarimaga tortdi.
Qayd etilishicha, sud hukmi qonuniy kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:45 / 05.01.2026
“Vaziyat yaxshilanishiga ishonish – fantastika”: faollar Xabarovskda o‘lgan migrant voqeasi haqida
23:08 / 03.01.2026
Rossiyada migrantlar yana kaltaklandi. Bir o‘zbekistonlik vafot etdi
10:57 / 03.01.2026
Alisher Qodirov o‘zbekistonliklarni Rossiyadan ketishga chaqirdi
14:51 / 02.01.2026