Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir necha yuz talabani IShID safiga jalb qilgan professor qo‘lga olindi
Kobuldagi universitetlardan birining o‘qituvchisi talabalarni IShID terrorchi guruhi safiga jalb etishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik direktorati ma'lum qildi.
"Milliy xavfsizlik direktorati maxsus xizmatlari Kobulning beshinchi tumanida IShID terrorchi guruhiga jalb qilish uchun mas'ul bo‘lgan shaxsni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Shayx Muhammad Ruhoniy masjidi imomi va universitet professori Abu Abdulla Mutavakkil yoshlarni IShID safiga jalb etgan", deyiladi Afg‘oniston razvedkasining Facebook sahifasida.
Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Mutavakkil Nangarhor viloyatidagi yuzlab talabalarni IShID safiga jalb etgan.
Shuningdek, professorning 16 nafar talabasi terrorchilik faoliyati uchun hibsga olingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026