Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning Andijon viloyatidagi ko‘chmas mulk obektlari va yer uchastkalari bo‘yicha qarori qabul qilindi
Andijon viloyatida ko‘chmas mulk obektlari va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Andijon viloyatidagi foydalanilmayotgan 135 ta davlat ko‘chmas mulk obektlari hamda uning umumiy maydoni 58,9 ming kv. m bo‘lgan 20 ta yer uchastkalaridan kelgusida samarali foydalanish nazarda tutilgan.
Qarorda nazarda tutilgan ko‘chmas mulk obektlari va yer uchastkalari tanlov o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlik sub'yektlariga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda, ularning faoliyat yo‘nalishini 30 yil mobaynida saqlash sharti bilan beriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar bitim amal qiladigan butun muddat davomida tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizini tashkil etadigan aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini, to‘lov miqdori tegishli hududdagi davlat bog‘chalari uchun belgilangan hajmlardan oshmaydigan shartlar asosida imtiyozli qabul qiladi.
Xususiy tibbiyot muassasalari shartnoma amal qiladigan muddat davomida davolanuvchilar umumiy sonining 25 foizini tashkil etadigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatadi.
Nodavlat maktablar bitim amal qiladigan butun muddat davomida o‘quvchilarning 25 foizi ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini imtiyozli ravishda o‘qitadi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026