Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya zamonaviy transport-logistika markazi tashkil etadi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatida Latviyaning SIA SV Gulbis kompaniyasi rahbari Vyacheslav Novikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi evaziga bunyod etilishi kutilayotgan zamonaviy logistika markazini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Ta'kidlanishicha, uning umumiy maydoni 16 gektar bo‘lib, 20 ming kv.m konteyner terminali uchun ajratilgan. Bu yerda 25 ming kv.m.da yopiq turdagi ombor, 14 ming kv.m.da yog‘och va metall mahsulotlarini saqlash uchun majmua quriladi. Shuningdek, hududda servis markazi, bojxona xizmati, omborlarni boshqarish tizimi, ma'muriyat binosi kabi inshootlar qad rostlaydi. Yangi tashkil etilayotgan logistika markazi yiliga 3 mln. tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bu yerda qo‘shimcha 350 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Yuk saroyida yuk avtomobillari uchun ham bir qator qulayliklar yaratilib, u yerda Shvetsiya va Germaniya davlatlarining texnika va texnologiyalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Logistika markazida temir yo‘l vagonlarni saralash, ortish va tushirish ishlari, yuklarni saqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, markirovka xizmatlari ko‘rsatiladi. Markazni joriy yil so‘ngida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Uchrashuv so‘nggida SIA SV Gulbis kompaniyasi va «O‘ztemiryo‘lkonteyner» aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
08:58 / 29.05.2026