Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi turarjoy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
Turkiya megapolisi Istanbul shahri tumanlaridan birida turarjoy binosi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetgan. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu Istanbulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
«Ayni paytga kelib, vafot etganlar soni 21 nafarni tashkil etmoqda, 14 nafar jabrlanuvchi qutqarilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, turarjoy binosida jami 35 kishi bo‘lgan», — degan u NTV telekanali efirida.
Ilgariroq 18 qurbon haqida xabar qilinayotgan edi.
6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Istanbulning Qartol tumanidagi Jyevizli mavzesida sakkiz qavatli turarjoy binosi qulab tushgandi. Turarjoy binosida 14ta xonadon bo‘lgan, ularda jami 43 kishi istiqomat qilib kelgan.
Favqulodda hodisaning sababi hozircha noaniq. Istanbul prokuraturasi sodir bo‘lgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan. Payshanba kuni Anado‘lu agentligi vayronalar ostida kamida 18 soat jon saqlagan 5 yoshli qizaloq qutqarilganini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026