Kiyev ukrainaliklar Rossiyaga kirishida qiyinchiliklarga duch kelayotganini ta'kidlamoqda
Rossiyalik chegarachilar Ukraina fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga kirishlariga asossiz ravishda to‘sqinlik qilishni boshlab yuborishgan. Bu haqda Ukrainaning «112» TV kanali efirida Ukraina davlat chegara xizmati raisining yordamchisi Oleg Slobodyan ta'kidlab o‘tgan.
Mulozimning ta'kidlashicha, so‘nggi uch kun ichida Belgorod oblastida joylashgan «Nexoteyevka» o‘tkazish punktida yuz nafardan ziyod ukrainaliklarga Rossiyaga kirishga ruxsat berilmagan. Slobodyanning ta'kidlashicha, asosan avtomobilining dvigateli hajmi 2 litrdan ortiq bo‘lgan ukrainaliklarga Rossiyaga kirish taqiqlangan.
Uning aytishicha, rossiyalik chegarachilar murojaatga javoban «Nexoteyevka» o‘tkazish punkti shtatli rejimda ishlayotganini bildirishgan, xolos. Rossiya FXX chegara xizmati tomonidan hanuzgacha rasman sharh berilmagan.
2018 yilning noyabrida Ukraina hokimiyati harbiy vaziyat tufayli Rossiyaning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak jinsli fuqarolarini bir oy muddatga Ukrainaga kirishni cheklab qo‘ygandi. Harbiy vaziyat tugagach, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Davlat chegara xizmatiga Rossiya bilan chegarani kuchaytirilgan rejimda qo‘riqlashda davom etish va bu mamlakatning Ukrainaga kirayotgan fuqarolari ustidan kuchaytirilgan nazorat olib borish tavsiyasi berilgan.
Yil boshidan buyon Ukrainaga 1,1 ming rossiyalik kiritilmagan. Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga rossiyalik kuzatuvchilarni kiritmaslik haqida davlat chegara xizmatiga buyruq berishini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024