23:12 / 10.02.2019
19373

Turning markaziy uchrashuvida hokkeycha hisob. «Siti» «Chelsi»ni «yakson etdi»

Angliya chempionatining 26-turida «Manchester Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Manchesterdagi «Etihad» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi.

O‘yinning to‘rtinchi daqiqasidayoq Rahim Sterling hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmay Serxio Aguero «shaharliklar» ustunligini oshirdi, ko‘p o‘tmay u ikkinchi golini urdi. 25-daqiqada esa Ilkay Gundo‘g‘an hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Aguero penaltini aniq ijro etib, het-trikni rasmiylashtirdi. O‘yin oxiriga borib Sterling oltinchi golni urdi.

Bu «Chelsi»ning o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi, jamoa hali hech qachon 6ta to‘p farqi bilan yutqazmagandi.

Bu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» ochkolari sonini 65taga yetkazib, Premer-Liga turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Chelsi» esa 50 ochko bilan qoldi va to‘plar nisbatiga ko‘ra oltinchi o‘ringa tushib ketdi. Beshinchi o‘rindagi «Arsenal»da ham 50 ochko bor, lekin to‘plar nisbatiga ko‘ra yuqoriroqda joylashgan.

Angliya chempionati
26-tur
Manchester Siti – Chelsi 6:0
Gollar: 1:0 – 4 Sterling, 2:0 – 13 Aguero, 3:0 – 19 Aguero, 4:0 – 25 Gundo‘g‘an, 5:0 – 56, penalti Aguero, 6:0 – 80 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, de Bryuyne (Marez, 68), Fernandino (Silva, 75), Bernardu Silva, Gundo‘g‘an, Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 65).
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Emerson, 73), Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 52), Jorjino, Pedro (Loftus-Chik, 65), Kante, Azar, Iguain.
Ogohlantirishlar: Jorjino (60), Alonso (69), Gundo‘g‘an (77).

 

Top