O‘zbekiston | 13:09 / 11.02.2019
8994
5 daqiqa o‘qiladi

«Kapitalbank» ATB plastik kartochkalari: zamonaviylik va qulaylik timsoli

Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Tobora raqamlashib borayotgan zamonimizda plastik kartochkalarning o‘rni beqiyosdir.

«Kapitalbank» ATB plastik kartochkalari esa allaqachon zamonaviylik va qulaylik timsoliga aylanib ulgurgan!

Bankning plastik kartochkalarini xarid qilgan mijozlarga Bank yuksak darajada xizmat ko‘rsatilishi va qulaylikni kafolatlaydi.

«Kapitalbank» ATB plastik kartochkalari bilan birgalikda quyidagilarni qo‘lga kiritasiz:

•        hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlash xavfsizligi;

•        hisob-kitob qilayotganda naqd pulni sanashga ketadigan vaqt tejalishi;

•        yoningizda pachkalab naqd pul olib yurish zarurati yo‘qolishi;

•        hisob-kitoblar aniqligi.

Plastik kartochkalar yordamida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin:

•        savdo terminallari o‘rnatilgan savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash;

•        banklar kassasi va bankomatlar orqali naqd pul mablag‘lari olish (faqat jismoniy shaxslar kartochkalari bo‘yicha);

•        kartochkadagi pul mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o‘tkazish, masalan farzandlaringizning institutda tahsil olishi uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

•        pul mablag‘larini kartochkaga o‘tkazish. Masalan, oylik ish haqi, dividendlar yoki gonorarni tushirish;

•        kartochka hisobiga naqd pul mablag‘larini kiritish;

•        kommunal xizmatlari haqini to‘lash.

«Kapitalbank»ning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish infokiosklari 

Bunday infokiosklar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish to‘lov-ma'lumot terminali bo‘lib, jismoniy shaxslar to‘lovlarini o‘z-o‘ziga xizmat qilish rejimida ishlaydi. Ushbu to‘lov terminalining «Kapitalbank» infokiosklari yordamida naqd pul to‘lovlari bilan bir qatorda, «UzCard» plastik kartalari vositasida ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Ayni paytda «Kapitalbank» ATB Samarqand filialida infokiosklar soni 167tani tashkil etmoqda.

Bankomatlar

Bankomatlar – dasturiy-texnik majmua bo‘lib, avtomatlashtirilgan tarzda pul mablag‘larini berish va qabul qilishga mo‘ljallangan, shuningdek, bankomat orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tegishli operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlash imkoniyati mavjud.

«Kapitalbank» ATB Samarqand filiali tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar soni 11 dona.

Xalqaro kartalar – VISA

Visa Electron – plastik kartochkalari yordamida deyarli butun dunyo bo‘ylab xarid qilish, naqd pul olish mumkin. Aksariyat hollarda bu kartalar debet sxema bo‘yicha elektron hamyon sifatida ishlaydi, ya'ni kartochkaga qancha pul tashlangan bo‘lsa, mijoz shuncha pul sarflashi mumkin.

Visa Classic – bu karta Visa logotipi bo‘lgan deyarli barcha nuqtalarda to‘lovga qabul qilinadi. Undan ham elektron, ham mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, bu kartochka Internet yoki telefon orqali to‘lovga qabul qilinadi. Bu karta bank kartalari bilan ishlash tajribasi bor kishilarga mo‘ljallangan

Visa Gold – tillarang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. Visa Gold – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-eʼtibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar Visa Gold egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar.

«Kapitalbank»ka oid barcha ma'lumotlar bilan batafsil bankning yagona axborot xizmatiga bog‘lanib yoki bankning rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

Telefon: (71) 200-15-15

Sayt: www.kapitalbank.uz

«Kapitalbank» ATBning Samarqand filiali.

Manzil: Samarqand shahri, Nodirabegim ko‘chasi, 8-uy

Ish rejimi: dushanbadan jumaga qadar, soat 09:00 - 17:00 (tushliksiz)

Telefon: (66) 234-55-52

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid