“Kapitalbank” Özbekistondagi 90 mingdan ortiq tadbirkorlarning işonçli moliyaviy hamkoriga aylandi. Bugungi kunda bank mijozlari nafaqat asosiy bank xizmatlaridan, balki individual yeçimlar va innovatsion moliyaviy vositalardan ham foydalanadilar. Masalan, hozirda biznes uçun moliyaviy bölmagan xizmatlar: onlayn kassa va ekvayring, autsorsing buxgalteriya xizmatlari, kontragentlarni tekşiriş, omborlarni hisobga oliş va boşqa xizmatlar mavjud. Bankning yangi mijozlari bank filialiga kelmasdan, sayyor menejer xizmatidan foydalangan holda masofadan turib hisob raqamini oçişlari mumkin. Xizmatdan foydalaniş uçun Uzum Business mobil ilovasi orqali ariza qoldiriş mumkin. Bank menejeri mijoz joylaşgan hududga keladi va kerakli hujjatlarni tayyorlaşga yordam beradi.

— “Kapitalbank”ning biznes yuritiş uçun qulay xizmatlari 23 yildan buyon mijozlarimiz kompaniyalari rivojlanişiga yordam berib kelmoqda. Biz tadbirkorlarga asosiy e’tiborni biznesni rivojlantirişga qaratiş imkoniyatini beramiz, ularga bank mutaxassislari va yangi raqamli xizmatlarimiz moliyaviy boşqaruvda yordam beradi, şu bilan birga biz filiallarga taşrif buyurmasdan muvaffaqiyatli biznes uçun foydali moliyaviy yeçimlarni yaratamiz, - deydi Kirill Mayevskiy, Kapitalbank boşqaruvi raisi. — Onlayn banking, moslaşuvçan omonat şartlari, maxsus tariflar, şaxsiy biznesni qöllab-quvvatlaş, buxgalteriya hisobi böyiça maslahatlar va boşqa qulay onlayn xizmatlar Uzum Business mijozlarimizga nafaqat pul, balki vaqtni ham tejaş imkonini beradi.

Kapitalbank tadbirkor mijozlarining muvaffaqiyatlari bankning “Biznes rivojlanişiga yordam beramiz” missiyasini aks ettiradi. Bugungi kunda köplab mijozlar öz bizneslari misolida natijalari bilan bölişişga va Uzum Business onlayn xizmatlarining afzalliklari haqida gapirib berişga tayyor. Har bir tadbirkorning öziga xos muvaffaqiyat tarixi bor va ularni yagona işonçli moliyaviy hamkori – Kapitalbank birlaştirgan.

Behzod Sobirov: Black Tuning Detailing

Ilgari avtomobilsozlik sohasida işlagan Behzod Özbekiston bozorida faol rivojlanayotgan yönaliş – tyuning va detallaştirişni özi uçun kaşf etdi. Jamoaning xalqaro tajribasi tufayli biznes Toşkentda tezda öz mijozlarini orttirişga muvaffaq böldi. Moliyaviy hamkor tanlaş masalasi tezda hal qilindi - Behzodning birinçi biznesi allaqaçon Kapitalbank bilan işlagan edi.

– Kapitalbank bilan yangi biznes tajribasi osonlaşdi. Bankning eng qulay xizmatlaridan biri bu sayyor menejer xizmatidir. Kapitalbank xodimi ofisimga kelib, joriy hisob raqamini oçiş va masofadan turib barça kerakli hujjatlarni tayyorlaşda yordam berdi, şuningdek, filiallarga bormasdan yangilangan Uzum Business ilovasi orqali biznesni qanday yuritiş mumkinligini körsatdi. Endi men özim uçun qulay bölgan istalgan vaqtda istalgan tölov topşiriğini jönatişim, kerakli hujjatlarni imzolaşim, hisobdan pul ötkazişim mumkin. Bu menga asosiy e’tiborimni öz biznesimni rivojlantirişga qaratişga yordam beradi, – deydi Black Tuning Detailing studiyasi asosçisi Behzod Sobirov.