Kapitalbank bilan biznes: tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatlari tarixi
|22:00 / 19.11.202410 9389 min
Reklama
Foto: KapitalbankFoto: Kapitalbank
“Ayollar tadbirkorligi haftaligi” tadbirlari doirasida mamlakatimizning yirik xususiy banklaridan biri — “Kapitalbank” öz biznesini yölga qöygan va uni muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan ayollarning muvaffaqiyatga qanday erişgani haqidagi hikoyalari bilan örtoqlaşdi.
“Kapitalbank” biznesni rivojlantiriş uçun turli foydali moliyalaştiriş dasturlari, ta’lim taşabbuslari va raqamli yeçimlarni taklif qilib, mamlakat tadbirkorlarini faol qöllab-quvvatlaydi. Şu bilan birga, oxirgi yillarda bank mijozlari orasida mamlakatimizning barça hududlaridan tadbirkor ayollar köpayib bormoqda.
– Öquv materiallarining keng omma ixtiyoriga taqdim etilgani hamda davlat va banklar tomonidan qöllab-quvvatlanişi tufayli, ayollar tobora köproq öz bizneslarini oçişga va dadil rejalarini amalga oşirişga qaror qilmoqda, – deydi “Kapitalbank” Boşqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
“Kapitalbank bilan biznes” loyihasi tajriba almaşiş, bir-birini ilhomlantiriş va qöllab-quvvatlaşga tayyor bölgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar hamjamiyatini yaratişga qaratilgan.
Pokizbonu Qosimova, Expo Position kompaniyasining boş direktori
Expo Position kompaniyasi işlab çiqaruvçilar, yetkazib beruvçilar va iste’molçilar örtasida özaro hamkorlik uçun samarali muloqot platformasini yaratiş uçun taşkil etilgan. Iqtisodiyot ösişi va işlab çiqarişning kengayişi bilan kompaniyalar öz mahsulotlari va xizmatlarini namoyiş eta oladigan platformaga ehtiyoj paydo böldi.
– Dastlabki bosqiçlarda iştirokçilarni jalb qiliş bilan boğliq vazifaga oldimizda turardi. Korxonalarni körgazmalarda qatnaşiş şunçaki mahsulotlar namoyişi emas, balki işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş va savdo bozorini kengaytiriş uçun haqiqiy imkoniyat ekaniga işontiriş kerak edi, — deb eslaydi Pokizabonu Qosimova. – Expo Position raqobat şaroitida bozordagi boşqa takliflardan foydali tomonlari bilan farq qiladigan tadbir formatini işlab çiqişi kerak edi. Va bugungi kunda biz uşbu tadbirlar tufayli mijozlar qanday qilib biznes aloqalarini kengaytirib, hamkorlar topib, muvaffaqiyatga erişayotganini köryapmiz. Bu jamoamiz uçun eng kuçli rağbatdir.
Pokizaning fikriga köra, biznesda muvaffaqiyat qozoniş uçun uçta asosiy sifat muhimdir: strategik fikrlaş, moslaşuvçanlik va doimiy rivojlaniş. Pokizabonuning biznesga endigina qadam taşlayotgan ayollar uçun beradigan muhim maslahati:
Mavzuga oid
“Özingizga işoning vayangiliklarni sinab körişdan qörqmang. Özingizga bölgan işonç va öz mahoratingizni doimiy ravişda takomillaştiriş sizga har qanday qiyinçiliklarni yengişga yordam beradi”.
Pokizabonu “Kapitalbank” bilan hamkorlikda, resurslarni samarali taqsimlaşga yordam beradigan hisoblarni boşqarişning moslaşuvçan şartlariga ega korporativ xizmatni yuqori baholaydi, bu ayniqsa yirik tadbirlarni taşkil etişda muhim ahamiyatga ega, şuningdek, dunyoning istalgan nuqtasidan biznesni boşqarişni osonlaştiradigan Uzum Business dasturini ham qadrlaydi.
Olga Afonina, tadbirkor va jamoat loyihalari taşkilotçisi
Özbekistonga 11 yil avval köçib kelgan Olga yangi tuğilgan çaqaloqlar va bir yoşgaça bölgan bolalarni suratga olişga ixtisoslaşgan fotostudiya oçdi. Keyinçalik bölğusi onalar hamjamiyati ham paydo böldi, bu hamjamiyat 7 yil davomida yoş ota-onalar, şifokorlar va ayollarga möljallangan mahsulotlar işlab çiqaruvçi kompaniyalarni birlaştirib, foydali bilim va qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanib kelayotgan edi.
– Onalik meni öz biznesimni boşlaşga undadi va eng muhimi – menga mamnuniyat ila rivojlanişim mumkin bölgan yönalişni körişga imkon berdi, - deydi Olga Afonina. – Rekvizitlarni sotib oliş, ijaraga joy topiş, studiyani jihozlaş, xodimlarni topiş va yollaşdagi qiyinçiliklar – bularning barçasi boşida oson keçmagan, lekin katta işni boşlaş har doim murakkab qarorlar va maşaqqatli mehnatni talab qiladi. Asosiysi, taslim bölmaslik va maqsadga erişiş uçun olğa intiliş. Bugun özim yoqtirgan iş bilan şuğullanar ekanman, men öz ijodim natijalari tufayli mijozlarimning yonayotgan közlaridan motivatsiya olaman.
Olga 10 yildan ortiq vaqt davomida Kapitalbankning mijozi bölib, ham tadbirkorlar uçun, ham bankning xususiy mijozlari uçun möljallangan xizmatlaridan faol foydalanib kelmoqda.
Anisa öz faoliyatini 3 yil oldin öz uyida nutritsiologlar va ularning mijozlari uçun glutensiz pişiriqlar işlab çiqarişdan boşlagan. Vaqt ötişi bilan loyiha soğlom ovqatlaniş madaniyatini ommalaştirişga yordam beradigan kafega aylandi.
– Mijozlarimning ijobiy fikrlari va ularning minnatdorçiligi menga biznesimni kengaytirişga turtki berdi. Şu tariqa mening soğlom ovqatlaniş qahvaxonam paydo böldi, – deydi Anisa Hasanova. - Bu yölda yetkazib beruvçilarni topiş, jamoani tanlaş va sifatli xizmat körsatiş kabi köplab qiyinçiliklar paydo böldi. Lekin jasoratim va özimga bölgan işonçim sezilarli natijalarga erişişimga yordam berdi. Va öz biznesini boşlaşni xohlaganlar uçun aynan uşbu fazilatlarni özlarida rivojlantirişlarini tavsiya qilaman.
Anisa Kapitalbankni mobilligi va qulayligi uçun tanladi. Onlayn-banking va şaxsiy menejer moliyaviy masalalarni istalgan vaqtda tezkor hal qiliş imkonini beradi. Kapitalbank kompaniyasining Uzum Business dasturi esa köpgina vazifalarni bank bölimiga bormasdan amalga oşiriş imkonini beradi.
Yulduz Xöjanazarova, AIKA farmatsevtika kompaniyasi asosçisi
Odamlarga soğlom bölişga yordam beriş orzusiga ergaşib, Yulduz ösimliklar asosida tayyorlangan biologik faol qöşimçalarni tarqatiş bilan şuğullanadigan AIKA farmatsevtika kompaniyasini taşkil etdi. Öziga bölgan işonçsizlik Yulduz uçun eng qiyin tösiq böldi.
Biz ayollarni bitta vazifa – ya’ni eng yaxşi turmuş örtoq va ona böliş maqsadi bilan tarbiyalangan davrda ulğayganmiz. Men öz biznesimni oçişga qaror qilganimda, jamiyatdagi yangi rolimda jamoam va oilamdan katta yordam topdim, - deydi Yulduz Xöjanazarova. - Öz biznesini oçişni va muvaffaqiyatli biznes-ledi sifatida özini namoyon qilişni orzu qilgan barça ayollarga maqsadlaridan qaytmaslikni va harakat qilişlarini tilayman.
Yulduz öz biznesi uçun Kapitalbankni uning işonçliligi, innovatsion texnologiyalari va yuqori malakali xodimlari uçun tanladi.
Diana Ahmadullina, “Vaşa Para” ayollar poyabzallari dökoni egasi
Diana köp yillar sotuvçi bölib işlaganidan söng, “Vaşa Para” ayollar poyabzali dökonini oçiş orqali özining şaxsiy biznesiga ega böliş orzusini amalga oşirdi. Dastlabki bosqiçda, köplab tadbirkorlar singari, Diana ham yetkazib beruvçilar bilan özaro aloqada, moliyaviy resurslarni töğri taqsimlaşda va xodimlarni tanlaşda qiyinçiliklarga duç keldi.
– Tavakkal qiliş, xatolardan saboq oliş va yölida davom etiş menga muvaffaqiyatli tadbirkor bölişga yordam berdi. Bugun erişgan yutuqlarim menga yuksak natijalarga erişişim mumkinligiga işonç bağişlaydi, - deydi Diana Ahmadullina. - Barça yangi boşlovçi tadbirkor ayollarga qat’iylik va intizom tilayman. Biznesda muvaffaqiyat qozoniş uçun aniq fikrlaş, aniq belgilangan maqsadlar va mehnatsevarlik kerak.
Diana 10 yildan beri Kapitalbank bilan hamkorlik qilib, uning işonçliligi, tezkorligi va biznes yuritiş uçun qulay şaroitlarini ta’kidlaydi.
Kapitalbank Özbekiston tadbirkorlari uçun barqaror ösiş va biznesni muvaffaqiyatli boşqariş uçun barça şaroitlarni yaratişga intilmoqda. Bank moslaşuvçan kreditlaş dasturlari, omonatlar uçun qulay şartlar va biznesni boşqariş jarayonlarini sezilarli darajada soddalaştiradigan moliyaviy bölmagan xizmatlarning keng kölamini taklif etadi. Buxgalteriya hisobi autsorsingi, onlayn kassa apparati va ekvayring, kontragentlarni tekşiriş, omborxona hisobi, şuningdek, barça moliyaviy operatsiyalarni onlayn nazorat qiliş imkonini beruvçi qulay mobil ilova şular jumlasidandir. Bundan taşqari, mijozlarga qulaylik yaratiş maqsadida Kapitalbank ofisiga taşrif buyurmasdan hisobvaraq oçişda yordam beradigan sayyor menejer xizmatlarini taqdim etadi.
Özbekistonda kiçik, örta va yirik biznes tadbirkorlari uçun Kapitalbank mahsulotlari va xizmatlari töğrisidagi ma’lumotlarni +998 (78) 148-11-33 telefon raqami yoki business.kapitalbank.uz sayti orqali oliş mumkin.