Pekinda bölib ötgan SIBOS 2024 xalqaro forumi doirasida Kapitalbank Raiffeisenbank International AG kompaniyasining “Muxbirlik aloqalari va tölovlarni amalga oşiriş sohasida erişgan yutuqlari uçun” mukofotini qölga kiritdi. Avstriya banki 20 yildan buyon Kapitalbankning yetakçi xorijiy hamkorlaridan biri hisoblanadi.

— Asosiy hamkorlarimizdan birining e’tirofiga sazovor böliş biz uçun katta şarafdir. Mukofot nafaqat Kapitalbank va Raiffeisenbank International AG örtasidagi hamkorlikning yuqori darajasini tasdiqlaydi, balki hamkorligimiz işonçliligi va barqaror rivojlanişi ramzi bölib xizmat qiladi, — ta’kidladi Kapitalbank boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Sardor Ismailov. — Xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantiriş bizga butun dunyo böylab mijozlarimizga moslaşuvçan va işonçli xizmatlarni taqdim etiş imkonini beradi.

Yigirma yillik hamkorlik davomida Kapitalbank va Raiffeisenbank International AG bir qator qöşma loyihalarni amalga oşirib, mijozlar va hamkorlarga eng yaxşi moliyaviy yeçimlar va xizmatlarni taqdim etdi.

Raiffeisenbank International AG haqida

1927 yilda asos solingan bölib, bugungi kunda u Avstriyaning eng yirik bank guruhlaridan biri hisoblanadi. Avstriyadan taşqari, u Markaziy va Şarqiy Yevropaning yana 14 ta davlatida faoliyat yuritib, 17,2 million mijozga xizmat körsatadi.

SIBOS haqida

SIBOS konferensiya-körgazmasi – naqd pul muomalasi, qimmatli qoğozlar va savdo masalalarida tajriba almaşiş va jamoaviy qarorlar qabul qiliş böyiça eng yirik bank tadbiridir va 1978 yildan buyon ötkazilib kelinadi, xalqaro banklararo axborot uzatiş va tölov tizimi - SWIFT tomonidan taşkil etilgan. Joriy yilda Kapitalbank Özbekiston banklari orasida forumning birinçi rasmiy iştirokçi-eksponenti böldi.

Reklama