Moody’s Investors Service reyting agentligi Kapitalbankning kredit reytingini B2 darajasida tasdiqladi va uzoq muddatli prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga özgartirdi, bunda risklar pasayganligi, asosiy moliyaviy körsatkiçlar ösişi va bank aktivlarini samarali boşqaruvi qayd etildi.
Agentlik ekspertlari Kapitalbank barqaror rentabellik körsatkiçlarini namoyiş etişda davom etişini, bozorni moliyalaştirişga past darajadagi boğliqlikni saqlab qolişini va likvidlikning tegişli darajasini ta’minlaşini kutib qolişadi. Bu natija bankning bozordagi barqaror örni va aktivlarni samarali boşqariş qobiliyatidan dalolat beradi.
“20 yildan ortiq davr mobaynida Kapitalbank moliyaviy maqsadlarga erişiş va biznes ösişini qöllab-quvvatlovçi işonçli hamkor bölib kelmoqda. Reytinglarni oşiriş nafaqat bugungi muvaffaqiyatimizni e’tirof etiş, balki kelajak uçun katta mas’uliyat ham demakdir. Biz mamlakatimizning bank sohasida yetakçi örinni saqlab qolgan holda öz mavqeimizni mustahkamlaş, jarayonlarni takomillaştiriş va innovatsion yeçimlarni joriy etişda davom etamiz”, – deydi Kapitalbank Boşqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
Moody's reyting agentligi haqida
Moody's xalqaro reyting agentligi (töliq nomi - Moody’s Investors Service) - kredit reytinglarini belgilaş, tadqiqot ötkaziş va risklarni tahlil qiliş bilan şuğullanadi. Bu agentlik Standard & Poor's va Fitch Ratings agentliklari bilan bir birga dunyodagi "katta uçlik" yetakçi reyting agentliklari hisoblanadi. Kompaniyaning eng yuqori professional standartlarga asoslangan faoliyati kapital bozorlarining şaffofligi va integratsiyasini oşirişga zamin yaratadi.
Reklama
















