«Mikrokreditbank» ATB xodimlari yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Joriy yilning 11-fevral kuni «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki bosh binosida bank rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutining bir guruh bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimiz yoshlari hayotida muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu borada joriy yilning 26-yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Karera kuni» o‘tkazildi. Mazkur tadbirda bank xodimlari talabalar bilan suhbat o‘tkazib, ularni ishga jalb etish ko‘zda tutilgan edi. Mazkur uchrashuv ham shuning uzviy davomi bo‘ldi.
Xususan, yurtimizning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida «Mikrokreditbank» ATB tomonidan ham keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2018 yil oktabr oyida «Mikrokreditbank» ATB va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risida kelishuv bitimi imzolandi. Mazkur bitimga ko‘ra universitetning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida ta'lim olayotgan yoshlarni bankda malakali mutaxassis biriktirgan holda amaliyot o‘tashlarini ta'minlash, bank extiyojlaridan kelib chiqqan holda ishga qabul qilish, pedagog-xodimlar, doktorantlar va magistratura talabalarining ko‘nikmalarini oshirish maqsadida stajirovka o‘tashi hamda sohaga oid me'yoriy hujjatlarni amaliyotda qo‘llash mexanizmi bilan tanishish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator majburiyatlar va zaruriy tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Bundan tashqari, yana talabalar uchun «Mikrokreditbank» stipendiyasini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra ushbu stipendiyani olish uchun talabalar chet tillarini mukammal bilishlari, kompyuter savodxonligi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishlari hamda a'lo baholarga o‘qishlari lozim bo‘ladi.
Shuningdek, «Mikrokreditbank» ATB tizimida kadrlar zaxirasini istiqbolli va munosib nomzodlar bilan jamlash, kadrlar zaxirasiga kiritilganlar bilan maqsadli kasbiy tayyorgarlik ishlarini olib borish, kadrlar zaxirasiga kiritilganlarni tegishli lavozimlarga taqdim etish, tayinlashning adolatli, shaffof va oshkora, korrupsion va boshqa shaxsiy g‘arazli maqsadlardan xoli bo‘lish maqsadida yosh iqtidorli xodimlarni rahbarlik lavozimlarga o‘tkazish maqsadida zaxira tarkibi shakllantirildi.
Jumladan, ayni paytda «Mikrokreditbank» ATB tizimida 880 nafar xodimlarni 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, ularning 159 nafari rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda ta'lim muassasalari bitiruvchilarining 33 nafari «Mikrokreditbank» ATB tizimida o‘z mehnat faoliyatlarini boshlagan.
Bank axborot xizmati
Mavzuga oid
16:54 / 24.06.2024
Hukumat Mikrokreditbankka 2 trln so‘mdan ko‘p mablag‘ ajratdi
19:26 / 02.11.2023
Bir davlat bankining binosini boshqa bir davlat banki sotib oldi
16:00 / 27.08.2022
Yana bir bank rebrending qildi: bu nimani anglatadi?
17:36 / 01.05.2022